O‘zbekistonda eng katta va eng kichik oilalar qaysi viloyatlarda?

© Sputnik / Baxrom XatamovMolodoj Uzbekistana
Molodoj Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2025
Obuna bo‘lish
Oilalarda o‘rtacha oila a’zolari soni Qoraqalpog‘istonda eng yuqori -4 nafardan ortiq, Toshkent shahrida esa eng past -3 kishidan sal ko‘proq
TOShKENT, 26 avg – Sputnik. 2025 yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda 10 244 241 ta oila mavjud. Bundan Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Qo‘mitaning avvalroq e’lon qilingan ma’lumotlariga ko‘ra, xuddi shu sanada mamlakatning doimiy aholisi soni 37 543 200 kishini tashkil etgan.
Ushbu ma’lumotlarga asoslanib hisoblansa, O‘zbekistonda oila a’zolarining o‘rtacha soni taxminan 3,7 kishini, ya’ni qariyb 4 kishini tashkil etishi ko‘rinib turibdi.
Shu bilan birga, statistik hisobda "oila" deganda, mustaqil ravishda yoki boshqa qarindoshlari bilan bir xonadonda yashashidan qat’i nazar, har biri alohida oila tushuniladi.
Masalan, katta xonadonda ota-ona va ularning ikki o‘g‘illari o‘z oilalari bilan yashasa, bu holatda statistikada uchta oila aks ettiriladi.
Qoraqolpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda oila a’zolar o‘rtacha soni

Viloyat

Jami aholi

soni

Oilalar

soni

Oila a’zolar

o‘rtacha soni

Qoraqalpog‘iston R.

2029700

499417

4,16

Jizzax viloyati

1537600

370967

4,14

Qashqadaryo viloyati

3639300

911917

3,99

Surxondaryo viloyati

2945500

740005

3,98

Samarqand viloyati

4297500

1082846

3,97

Namangan viloyati

3131700

834796

3,75

Sirdaryo viloyati

930800

251415

3,7

Andijon viloyati

3461000

946450

3,66

Navoiy viloyati

1094700

307744

3,56

Farg‘ona viloyati

4144700

1177396

3,52

Xorazm viloyati

2032400

580823

3,5

Toshkent viloyati

3108500

913510

3,4

Buxoro viloyati

2077000

615418

3,37

Toshkent shahri

3112800

1011537

3,077

Jizn v Denau - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2025
O‘zbekistonda pensiya yoshidagi aholi ulushi kamaymoqda
Yangiliklar lentasi
0