https://oz.sputniknews.uz/20250826/si-szinpin-rossiya-vyacheslav-volodin-51508898.html
Rossiya Davlat dumasi spikeri Pekinda Xitoy raisi bilan uchrashdi
Rossiya Davlat dumasi spikeri Pekinda Xitoy raisi bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Muloqot chog‘ida iqtisodiyot, xavfsizlik, turizm, madaniyat va ilm-fan sohalaridagi sheriklikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 26.08.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-08-26T12:34+0500
2025-08-26T12:34+0500
2025-08-26T12:34+0500
xitoy
rossiya
rossiya davlat dumasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
vacheslav volodin
si szinpin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/1a/51511749_6:0:1252:701_1920x0_80_0_0_f430ffee6208bfd2ce8f01a1dd42310e.jpg
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Pekinda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Rossiya Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesi xabar bermoqda. Xabarda qayd etilishicha, 26-avgust kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari, xususan, iqtisodiyot, xavfsizlik, turizm, madaniyat, ta’lim va ilm-fan sohalaridagi sheriklikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdi.Avvalroq, 25-avgust kuni Rossiya parlamenti delegatsiyasi Volodin boshchiligida Xitoyga rasmiy tashrif bilan yetib kelgani ma’lum qilingandi. Tashrif doirasida bir qator uchrashuvlar hamda Rossiya Federal Majlisi va Butunxitoy xalq vakillari yig‘ini o‘rtasidagi o‘ninchi qo‘shma parlamentlararo komissiya yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.Shuningdek, joriy hafta davomida Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning Xitoyga rasmiy tashrifi amalga oshirilishi kutilmoqda. Rossiya yetakchisi 31-avgust-1-sentabr kunlari Tanszin shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250822/xitoy-shht-sammit-51416725.html
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/1a/51511749_170:0:1105:701_1920x0_80_0_0_ebbdd8de84d36fe9f458de52cf820508.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xitoy, rossiya, rossiya davlat dumasi, dunyo yangiliklari, dunyoda, vacheslav volodin , si szinpin
xitoy, rossiya, rossiya davlat dumasi, dunyo yangiliklari, dunyoda, vacheslav volodin , si szinpin
Rossiya Davlat dumasi spikeri Pekinda Xitoy raisi bilan uchrashdi
Muloqot chog‘ida iqtisodiyot, xavfsizlik, turizm, madaniyat va ilm-fan sohalaridagi sheriklikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Pekinda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Rossiya Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesi xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, 26-avgust kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari, xususan, iqtisodiyot, xavfsizlik, turizm, madaniyat, ta’lim va ilm-fan sohalaridagi sheriklikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdi.
Avvalroq, 25-avgust kuni Rossiya parlamenti delegatsiyasi Volodin boshchiligida Xitoyga rasmiy tashrif bilan yetib kelgani ma’lum qilingandi. Tashrif doirasida bir qator uchrashuvlar hamda Rossiya Federal Majlisi va Butunxitoy xalq vakillari yig‘ini o‘rtasidagi o‘ninchi qo‘shma parlamentlararo komissiya yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, joriy hafta davomida Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning Xitoyga rasmiy tashrifi amalga oshirilishi kutilmoqda. Rossiya yetakchisi 31-avgust-1-sentabr kunlari Tanszin shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etishi rejalashtirilgan.