https://oz.sputniknews.uz/20250822/xitoy-shht-sammit-51416725.html
Xitoydagi ShHT sammitiga 20 tadan ziyod mamlakat yetakchilari yig‘iladi
Xitoydagi ShHT sammitiga 20 tadan ziyod mamlakat yetakchilari yig‘iladi
Sputnik O‘zbekiston
Hozirda Shanxay hamkorlik tashkiloti 10 ta a’zo davlatni (Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston) birlashtirgan. Shuningdek, ShHTda kuzatuvchi maqomiga ega 2 ta davlat (Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston) va 14 ta muloqot bo‘yicha hamkor (Ozarbayjon, Armaniston, Bahrayn, Misr, Kambodja, Qatar, Kuvayt, Maldiv orollari, Myanma, Nepal, BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri-Lanka) mavjud.
2025-08-22T14:33+0500
2025-08-22T14:33+0500
2025-08-22T14:33+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
xitoy
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
sammit
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/03/26787631_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_3ff8c5a66626c8ad2c94c30716fe9635.jpg
TOShKENT, 22 avg – Sputnik. 20 tadan ziyod davlat yetakchilari va xalqaro tashkilotlar vakillari Tanszindagi Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etadi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri yordamchisi Lyu Bin.Diplomatning aniqlik kiritishicha, sammitda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Kambodja bosh vaziri Xun Manet, Maldiv prezidenti Muhammad Muizzu, Nepal bosh vaziri Sharma Oli, Turkiya prezidenti Tayyip Erdog‘an, Misr bosh vaziri Mustafa Madbuli, Indoneziya prezidenti Prabovo Subianto, Laos prezidenti Txonglun Sisulit, Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrahim va Vyetnam bosh vaziri Fam Min Chin qatnashadi.Lyu Binning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbarlari ShHTning muvaffaqiyatli tajribasini muhokama qilishadi, tashkilotning rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab olishadi, ShHT doirasida hamkorlik masalalariga kelishishadi.Tadbirga xalqaro tashkilotlar rahbarlari, jumladan, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish taklif qilingan.ShHT sammiti Tanszin shahrida (Shimoliy Xitoy) 31-avgust-1 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.Hozirda ShHT 10 ta a’zo davlatni (Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston) birlashtirgan. Shuningdek, ShHTda kuzatuvchi maqomiga ega 2 ta davlat (Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston) va 14 ta muloqot bo‘yicha hamkor (Ozarbayjon, Armaniston, Bahrayn, Misr, Kambodja, Qatar, Kuvayt, Maldiv orollari, Myanma, Nepal, BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri-Lanka) mavjud.
https://oz.sputniknews.uz/20250813/shht-raqamli-savdo-51220442.html
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/03/26787631_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_7c29ab0a74e476ce9702591ef09c98ab.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shanxay hamkorlik tashkiloti sammit ma’lumot
shanxay hamkorlik tashkiloti sammit ma’lumot
Xitoydagi ShHT sammitiga 20 tadan ziyod mamlakat yetakchilari yig‘iladi
Tanszindagi tashkilot sammitiga O‘zbekiston prezidenti ham taklif qilingan.
TOShKENT, 22 avg – Sputnik. 20 tadan ziyod davlat yetakchilari va xalqaro tashkilotlar vakillari Tanszindagi Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etadi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri yordamchisi Lyu Bin.
“XXR raisi Si Szinpin Xayxe darosi sohili yaqinida 20 tadan ziyod xorijiy davlat yetakchilari va 10 ta xalqaro tashkilot rahbarlari bilan to‘planadi”, - dedi u.
Diplomatning aniqlik kiritishicha, sammitda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Kambodja bosh vaziri Xun Manet, Maldiv prezidenti Muhammad Muizzu, Nepal bosh vaziri Sharma Oli, Turkiya prezidenti Tayyip Erdog‘an, Misr bosh vaziri Mustafa Madbuli, Indoneziya prezidenti Prabovo Subianto, Laos prezidenti Txonglun Sisulit, Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrahim va Vyetnam bosh vaziri Fam Min Chin qatnashadi.
Lyu Binning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbarlari ShHTning muvaffaqiyatli tajribasini muhokama qilishadi, tashkilotning rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab olishadi, ShHT doirasida hamkorlik masalalariga kelishishadi.
Tadbirga xalqaro tashkilotlar rahbarlari, jumladan, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish taklif qilingan.
ShHT sammiti Tanszin shahrida (Shimoliy Xitoy) 31-avgust-1 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Hozirda ShHT 10 ta a’zo davlatni (Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston) birlashtirgan. Shuningdek, ShHTda kuzatuvchi maqomiga ega 2 ta davlat (Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston) va 14 ta muloqot bo‘yicha hamkor (Ozarbayjon, Armaniston, Bahrayn, Misr, Kambodja, Qatar, Kuvayt, Maldiv orollari, Myanma, Nepal, BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri-Lanka) mavjud.