https://oz.sputniknews.uz/20250826/ozbekiston-dolzarb-kun-atrof-muhit-51518325.html
O‘zbekistonda “Dolzarb 10 kunlik” atrof-muhitni tozalash tadbirlari boshlandi
O‘zbekistonda “Dolzarb 10 kunlik” atrof-muhitni tozalash tadbirlari boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Dastur doirasida 25-avgustdan 5-sentabrgacha butun respublika bo‘ylab ko‘chalar, bog‘-rog‘lar, xiyobonlar va boshqa jamoat joylari tartibga keltiriladi. Aksiya Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda qator davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan o‘tkazilmoqda.
2025-08-26T15:02+0500
2025-08-26T15:02+0500
2025-08-26T15:54+0500
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
o‘zbekiston
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/1e/48655531_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_1a501594fa4b6f873c69195f715bdb65.jpg
TOShKENT, 26 avg – Sputnik. O‘zbekistonda “Dolzarb 10 kunlik” umumxalq ekologik aksiyasi boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar qildi.Dastur doirasida 25-avgustdan 5-sentabrgacha butun respublika bo‘ylab ko‘chalar, bog‘-rog‘lar, xiyobonlar va boshqa jamoat joylari tartibga keltiriladi. Aksiya Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda qator davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan o‘tkazilmoqda. Ta’kidlanishicha, tadbir prezident Shavkat Mirziyoyevning “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” doirasidagi farmoni hamda “O‘zbekiston–2030” strategiyasi vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yili o‘tkazilgan “Dolzarb 10 kunlik” davomida respublika bo‘ylab 800 tamingdan ortiq jamoat joylari obodonlashtirilib, 135 ming tonnadan ortiq chiqindi yig‘ib chiqarilgan.Bu yilgi tashabbusning asosiy e’tibori chiqindilarni yig‘ish va hududlarni tozalash bilan birga, aholida, xususan yoshlar orasida ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan. Shu maqsadda turli ko‘rgazmalar, seminarlar va ekologik ma’rifiy tadbirlar ham tashkil etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250815/chiqindi-yonalish-internet-51254916.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/1e/48655531_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_854cc5e93188f05f99a7d592fb1da75d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dolzarb 10 kunlik atrof-muhitni tozalash
dolzarb 10 kunlik atrof-muhitni tozalash
O‘zbekistonda “Dolzarb 10 kunlik” atrof-muhitni tozalash tadbirlari boshlandi
15:02 26.08.2025 (yangilandi: 15:54 26.08.2025) 25 avgustdan 5-sentabrgacha butun O‘zbekistonda jamoat joylari chiqindilardan tozalanadi; ekologik madaniyat yoshlar orasida targ‘ib etiladi.
TOShKENT, 26 avg – Sputnik. O‘zbekistonda “Dolzarb 10 kunlik” umumxalq ekologik aksiyasi boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar qildi.
Dastur doirasida 25-avgustdan 5-sentabrgacha butun respublika bo‘ylab ko‘chalar, bog‘-rog‘lar, xiyobonlar va boshqa jamoat joylari tartibga keltiriladi.
Aksiya Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda qator davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan o‘tkazilmoqda. Ta’kidlanishicha, tadbir prezident Shavkat Mirziyoyevning “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” doirasidagi farmoni hamda “O‘zbekiston–2030” strategiyasi vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yili o‘tkazilgan “Dolzarb 10 kunlik” davomida respublika bo‘ylab 800 tamingdan ortiq jamoat joylari obodonlashtirilib, 135 ming tonnadan ortiq chiqindi yig‘ib chiqarilgan.
Bu yilgi tashabbusning asosiy e’tibori chiqindilarni yig‘ish va hududlarni tozalash bilan birga, aholida, xususan yoshlar orasida ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan. Shu maqsadda turli ko‘rgazmalar, seminarlar va ekologik ma’rifiy tadbirlar ham tashkil etiladi.