https://oz.sputniknews.uz/20250815/chiqindi-yonalish-internet-51254916.html
Chiqindi olib ketish vaqti va yo‘nalishini onlayn ko‘rish mumkin bo‘ladi
Chiqindi olib ketish vaqti va yo‘nalishini onlayn ko‘rish mumkin bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident chiqindilarni qayta ishlashni kengaytirish va mahallaga chiqindi texnikasi harakatini onlayn ko‘rish imkoniyatini yaratish vazifalarni belgilab, yangi zavodlar... 15.08.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-08-15T12:03+0500
2025-08-15T12:03+0500
2025-08-15T13:04+0500
o‘zbekiston
jamiyat
chiqindixona
mahalla
ekologiya
prezident
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/04/48240661_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_3d24953361ce53710b05e5a6ab214fab.jpg
TOShKENT, 15 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-avgust kuni chiqindilarni qayta ishlashni kengaytirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Oxirgi uch yilda barcha manbalardan 2 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi, o‘tgan yili Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etildi.Chiqindi korxonalari uchun 1 ming 200 ta yangi texnika olib berildi, mahallalarda chiqindi maydonchalari qurildi va tarmoq ikkilamchi xomashyo manbaiga aylandiMamlakatda yiliga 14 million tonna maishiy chiqindi hosil bo‘ladi, ammo ularni qayta ishlash endi 5 foizga yetdi.Chiqindini yoqish orqali energiya ishlab chiqarish loyihalari qo‘llab-quvvatlanmoqda. Xitoylik investorlar 6 ta viloyatda shunday zavodlar qurayapti. Toshkentda tibbiyot chiqindisini yoqib issiqlik oladigan 2 ta korxona ishga tushirildi, Samarqandda 2 ta, qolgan hududlarda bittadan shunday zavod qurilishi mo‘ljallangan.Maishiy chiqindilarning to‘rtdan biri qog‘oz, plastik, rezina, shisha va to‘qimachilik qoldiqlariga to‘g‘ri keladi, ularni qayta ishlab 1 trillion so‘mlik mahsulot olish mumkinligi, shuningdek, qayta ishlanmaydigan qurilish, kimyo, elektron, texnik va sanoat moylari bo‘yicha katta zaxira mavjudligi aytib o‘tildiIjtimoiy muassasalar va mahallalarni chiqindi konteynerlari bilan to‘liq ta’minlash bo‘yicha ikki yillik dastur ishlab chiqilishi belgilandi. Aholida ekologik madaniyatni bog‘cha va maktabdan boshlab shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.
https://oz.sputniknews.uz/20240626/uzbekistan-chiqindi-pul-44543433.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/04/48240661_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_5429f59758b8a1c8adb6dc342d407e83.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, jamiyat, chiqindixona, mahalla, ekologiya , prezident, shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston, jamiyat, chiqindixona, mahalla, ekologiya , prezident, shavkat mirziyoyev
Chiqindi olib ketish vaqti va yo‘nalishini onlayn ko‘rish mumkin bo‘ladi
12:03 15.08.2025 (yangilandi: 13:04 15.08.2025) Prezident chiqindilarni qayta ishlashni kengaytirish va mahallaga chiqindi texnikasi harakatini onlayn ko‘rish imkoniyatini yaratish vazifalarni belgilab, yangi zavodlar qurilishini qo‘llab-quvvatladi.
TOShKENT, 15 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-avgust kuni chiqindilarni qayta ishlashni kengaytirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi. Oxirgi uch yilda barcha manbalardan 2 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi, o‘tgan yili Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etildi.
Chiqindi korxonalari uchun 1 ming 200 ta yangi texnika olib berildi, mahallalarda chiqindi maydonchalari qurildi va tarmoq ikkilamchi xomashyo manbaiga aylandi
Mamlakatda yiliga 14 million tonna maishiy chiqindi hosil bo‘ladi, ammo ularni qayta ishlash endi 5 foizga yetdi.
Chiqindini yoqish orqali energiya ishlab chiqarish loyihalari qo‘llab-quvvatlanmoqda. Xitoylik investorlar 6 ta viloyatda shunday zavodlar qurayapti. Toshkentda tibbiyot chiqindisini yoqib issiqlik oladigan 2 ta korxona ishga tushirildi, Samarqandda 2 ta, qolgan hududlarda bittadan shunday zavod qurilishi mo‘ljallangan.
Maishiy chiqindilarning to‘rtdan biri qog‘oz, plastik, rezina, shisha va to‘qimachilik qoldiqlariga to‘g‘ri keladi, ularni qayta ishlab 1 trillion so‘mlik mahsulot olish mumkinligi, shuningdek, qayta ishlanmaydigan qurilish, kimyo, elektron, texnik va sanoat moylari bo‘yicha katta zaxira mavjudligi aytib o‘tildi
Chiqindini tashib ketish xizmatlari aholini rozi qiladigan darajada bo‘lishi uchun mahallaga chiqindi texnikasining kelish vaqti va harakatini onlayn ko‘rish imkoniyatini yaratish vazifasi qo‘yildi.
Ijtimoiy muassasalar va mahallalarni chiqindi konteynerlari bilan to‘liq ta’minlash bo‘yicha ikki yillik dastur ishlab chiqilishi belgilandi. Aholida ekologik madaniyatni bog‘cha va maktabdan boshlab shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.