Bugun Toshkentda gandbol bo‘yicha Osiyo chempionati boshlanadi

© Getty Images / Anchiy / Royalty-free/ Gettyimages.ru.Gandbolniy Mach
Gandbolniy Mach - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2025
Obuna bo‘lish
Musobaqada o‘zbekistonlik gandbolchi qizlar kelgusi yilgi jahon chempionatiga chiqish uchun kurashadilar.
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Bugun Toshkent shahrida 19 yoshli qizlar o‘rtasidagi gandbol bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi.

Unda qit’aning eng kuchli 8 jamoasi g‘oliblik uchun kurash olib boradi. O‘zbekiston terma jamoasi “A” guruhida Xitoy, Xitoy Taypeyi, Gonkong va Hindiston bilan raqobat qiladi.

Hamurtlarimiz musobaqadagi ilk uchrashuvini bugun Hindistonga qarshi o‘tkazadi. O‘yin soat 18:30 da musobaqaga mezbonlik qiladigan “Alpomish” muz saroyida boshlanadi.
O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichidagi taqvimi:
1-tur: O‘zbekiston – Hindiston (20 avgust, 18:30)
2-tur: O‘zbekiston – Gonkong (21 avgust, 18:00)
3-tur: O‘zbekiston – Xitoy Taipeyi (24 avgust, 18:00)
4-tur: O‘zbekiston – Xitoy (25 avgust, 18:00)
Ma’lumot uchun, mazkur qit’a chempionati kelasi yil bo‘lib o‘tadigan U20 jahon chempionatiga saralash vazifasini ham bajaradi. Yarim finalga chiqqan 4 jamoa jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
Yangiliklar lentasi
0