Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Predsedatelem Xalk Maslaxati Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedovim
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Predsedatelem Xalk Maslaxati Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2025
Obuna bo‘lish
Yetakchilar O‘zbekiston-Turkmaniston yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqishdi.
TOShKENT, 5 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanboshi shahriga kelgach, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident mabuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yetakchilar aprel oyida Samarqand shahrida o‘tgan uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston-Turkmaniston yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqishdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Predsedatelem Xalk Maslaxati Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedovim
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Predsedatelem Xalk Maslaxati Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2025
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Predsedatelem Xalk Maslaxati Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedovim
Do‘stlik, o‘zaro ishonch va umumiy manfaatlarni hisobga olish tamoyillariga asoslangan ko‘p qirrali hamkorlik sur’ati ortib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Ta’kidlanishicha, barcha darajalarda samarali va faol muloqotlar davom etmoqda. Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash 600 mln dollarni tashkil etdi. Sanoat, energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida kooperatsiya chuqurlashib bormoqda.
Birgalikda "Shovot-Toshovuz" chegaraoldi savdo zonasi tashkil etilmoqda, faol hududlararo aloqalar va gumanitar almashinuvlar davom ettirilmoqda.
Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik doirasida hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlari, Ishbilarmonlar kengashi, Hududlar forumi, qator madaniy tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, BMT konferensiyasi kun tartibi hamda joriy yil kuzda Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Eslatamiz, Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘lib turibdi. O‘zbekiston yetakchisi 5-avgust kuni BMTning Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasida, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan maxsus tadbirda ishtirok etadi. Qolaversa, qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.
Uchenie v laboratorii. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
Yangiliklar lentasi
0