https://oz.sputniknews.uz/20250417/ozbekiston-turkmaniston-ilmiy-hamkorlik-48919439.html
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
Sputnik O‘zbekiston
Umumiy va noorganik kimyo instituti hamda Turkmanistonning Kimyo instituti o‘rtasida memorandumi imzolandi. 17.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-17T10:18+0500
2025-04-17T10:18+0500
2025-04-17T10:36+0500
jamiyat
o‘zbekiston
turkmaniston
hamkorlik
o‘zbekiston fanlar akademiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/11/48920652_0:72:1348:830_1920x0_80_0_0_e5161e5371127d904500bd10e11e6c17.jpg
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Fanlar akademiyasi huzuridagi Umumiy va noorganik kimyo instituti hamda Turkmaniston Fanlar akademiyasining Kimyo instituti o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi, deya xabar berdi akademiya matbuot xizmati.Umumiy va noorganik kimyo instituti hamda Turkmaniston Fanlar akademiyasining Kimyo instituti o‘rtasida ilmiy-tadqiqotlar bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:Qayd etilishicha, mazkur memorandum doirasidagi kelgusi qadam ikki qo‘shni davlatning ilmiy salohiyatini integratsiya qilib, mintaqaviy kimyo fanini xalqaro darajaga olib chiqish imkonini beradi. Shuningdek, ekologik, sanoat va texnologik muammolarga birgalikda yechim topishga yo‘l ochadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250316/rostov-institut-ozbekiston-ilmiy-tadqiqot-48437426.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/11/48920652_74:0:1274:900_1920x0_80_0_0_07555547f2e4b68370a95c492c0c07bd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, turkmaniston, hamkorlik, o‘zbekiston fanlar akademiyasi
jamiyat, o‘zbekiston, turkmaniston, hamkorlik, o‘zbekiston fanlar akademiyasi
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
10:18 17.04.2025 (yangilandi: 10:36 17.04.2025) Umumiy va noorganik kimyo instituti hamda Turkmanistonning Kimyo instituti o‘rtasida memorandumi imzolandi.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Fanlar akademiyasi huzuridagi Umumiy va noorganik kimyo instituti hamda Turkmaniston Fanlar akademiyasining Kimyo instituti o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi, deya xabar berdi akademiya
matbuot xizmati. Umumiy va noorganik kimyo instituti hamda Turkmaniston Fanlar akademiyasining Kimyo instituti o‘rtasida ilmiy-tadqiqotlar bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.
“Ushbu memorandum ikki qo‘shni davlat o‘rtasida fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, innovatsion yechimlarni qo‘llab-quvvatlash va mintaqaviy muammolarga birgalikda yechim topish maqsadlarini ko‘zda tutadi”, — deyiladi xabarda.
Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:
mineral o‘g‘itlar, adsorbsiya texnologiyalari va kimoviy kataliz sohasida tadqiqotlar olib borish;
davlat dasturi joirasidagi ilmiy-tadqiqot loyihalarini hamkorlikda ishlab chiqish va amalga oshirish;
olimlar, magistrantlar va doktorantlar uchun stajirovka va malaka oshirish imkoniyatlarini yaratish;
laboratoriya uskunalaridan o‘zaro foydalanish va ilmiy baza almashinuvi;
hammualliflikdagi maqolalar va patentlar yaratish.
Qayd etilishicha, mazkur memorandum doirasidagi kelgusi qadam ikki qo‘shni davlatning ilmiy salohiyatini integratsiya qilib, mintaqaviy kimyo fanini xalqaro darajaga olib chiqish imkonini beradi. Shuningdek, ekologik, sanoat va texnologik muammolarga birgalikda yechim topishga yo‘l ochadi.