Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Rossiya EOIIdagi hamkorlari bilan kino bozor to‘g‘risida kelishuv imzolamoqchi

© Sputnik / Baxrom XatamovProtsess sozdaniya kinematograficheskogo izobrajeniya
Protsess sozdaniya kinematograficheskogo izobrajeniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2025
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, ushbu kelishuvning maqsadlaridan biri "xizmat yetkazib beruvchilar tomonidan iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishining oldini olish mexanizmini yaratish" bo‘ladi.
TOShKENT, 5 avg – Sputnik. Rossiya kino va videofilmlar ishlab chiqarish va namoyish etish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolamoqchi. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin tegishli muzokaralar o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi.
“Kelishuvni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan imzolash rejalashtirilgan”, - deyiladi Rossiya hukumati matbuot xizmati xabarida.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi saytida avvalroq e’lon qilingan hujjat loyihasidan ma’lum bo‘lishicha, kelishuv kino ishlab chiqarish va namoyish etish bilan bog‘liq YeOIIda (Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston, Qirg‘iziston) yagona xizmatlar bozorini shakllantirishga qaratilgan.
Yevroosiyo beshligi ushbu sohada o‘zaro manfaatli hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi va "xizmat yetkazib beruvchilar tomonidan iste’molchilarning hamda halol bozor subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlari, shuningdek, jamoat va davlat manfaatlari buzilishining oldini olish mexanizmini yaratmoqchi," deyiladi hujjat loyihasida.
Kinoforum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2025
PXIF-2025: O‘zbekiston MDH davlatlari bilan qanday filmlar suratga olmoqda?
Yangiliklar lentasi
0