PXIF-2025: O‘zbekiston MDH davlatlari bilan qanday filmlar suratga olmoqda?

© RIA Novosti / Kirill KallinikovKinoforum
Kinoforum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2025
Obuna bo‘lish
"O‘zbekfilm" direktori Bahodir Muhamedov Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etdi.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. O‘zbekiston MDH davlatlari bilan hamkorlikda filmlar suratga olmoqda. Bu haqda "O‘zbekfilm" direktori Bahodir Muhamedov Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PXIF) da ma’lum qildi.
PXIF doirasida bo‘lib o‘tayotgan sessiyada "O‘zbekfilm" direktori Bahodir Muhamedov ishtirok etdi. U o‘z nutqida MDH davlatlari bilan hamkorlikda kino ishlab chiqarishga to‘xtaldi.
Bahodir Muhamedovning so‘zlariga ko‘ra, may oyida "Lendok" kinostudiyasi bilan qo‘shma loyiha boshlangan - O‘zbekiston va Rossiya kinoijodkorlari bolalar tarixiy ertagini suratga olishmoqda.
Shuningdek, u iyul oyida "Tatarkino" bilan birgalikda hujjatli filmni namoyish etishga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ta’kidladi.

"Iyul oyida "Tojikfilm" bilan tarixiy kartinani ishga tushirishni rejalashtirmoqdamiz. Hozirda Ozarbayjonda Mulla Nasriddin haqida ham film suratga olinmoqda", — dedi Muhamedov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, "Tirik tarix" turkumi filmlarini yaratish dasturi doirasida 54 ta tarixiy kartinadan 18 tasi ko-produksiya formatida suratga olinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0