Raqamli kriminalistika sohasida mutaxassislar malakasini oshirish tartibi belgilandi

© Getty Images / enot-poloskunsifrovaya kriminalistika
sifrovaya kriminalistika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2025
Obuna bo‘lish
Bu sohadagi mutaxassislarning malakasi har 2-yilda oshiriladi. O‘quv dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirganlarga tegishli sertifikat beriladi.
TOShKENT, 5 avg – Sputnik. O‘zbekiston hukumatining 31-iyuldagi qarori (479-son) bilan “Raqamli kriminalistika sohasida mutaxassislar malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, raqamli kriminalistika sohasida mutaxassislarning malakasi har 2-yilda oshiriladi.
Mutaxassislarning malakasini oshirish o‘z ixtisosligi bo‘yicha kamida 1-yillik ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun tashkil qilinadi.
Mutaxassislar malakasini oshirish bevosita va (yoki) bilvosita tashkil etiladi.
Malaka oshirish muassasalari tomonidan mutaxassislarning malakasini oshirish kamida 36 akademik soat hajmda tashkil etiladi.
Malaka oshirish bo‘yicha yakuniy nazorat o‘qish davrida olingan nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni aniqlashga qaratilgan og‘zaki yoki yozma imtihon yoxud suhbat shaklida o‘tkaziladi.
Malaka oshirish muassasalarida o‘quv dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan mutaxassislarga belgilangan shakldagi sertifikat beriladi.
O‘zbekiston va Tojikiston bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2025
O‘zbekiston va Tojikiston sud-tibbiy ekspertiza sohasida hamkorlik qiladi
Yangiliklar lentasi
0