https://oz.sputniknews.uz/20250218/ozbekiston-tojikiston-sud-tibbiy-ekspertiza-48003246.html
O‘zbekiston va Tojikiston sud-tibbiy ekspertiza sohasida hamkorlik qiladi
O‘zbekiston va Tojikiston sud-tibbiy ekspertiza sohasida hamkorlik qiladi
Sputnik O‘zbekiston
Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Tojikiston sud-tibbiy ekspertiza markazi, Osiyo xalqaro universiteti va Tojikiston tibbiyot universiteti... 18.02.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-02-18T13:21+0500
2025-02-18T13:21+0500
2025-02-18T14:04+0500
jamiyat
o‘zbekiston
tojikiston
sud
ekspertiza
hamkorlik
universitet
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0d/45642481_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_33d5b3fd3426503feebb6b9191c674e2.jpg
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. O‘zbekiston Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi va Tojikiston sud-tibbiy ekspertiza markazi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi, deya xabar berdi markaz matbuot xizmati. Qayd etilishicha, endilikda markazlar o‘rtasida ilmiy-amaliy hamkorlik amalga oshiriladi. Xususan, kadrlar malakasini oshirish va ixtisoslik bo‘yicha klinik ordinaturada o‘qish. Qolaversa, tomonlar ekspertiza amaliyotiga zamonaviy tekshirish usullarini joriy etadi. Quyidagi yo‘nalishlarda o‘zaro pullik kelishuv asosida 36 soatlik malaka oshirish kurslari tashkil etiladi: Qayd etilishicha, shu yilning aprel oyida markazning Buxoro viloyati filialida Osiyo xalqaro universiteti ko‘magida "Qo‘shma jarohatlarni sud-tibbiy baholash" mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkaziladi. Shu bilan birga, markaz va Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston tibbiyot universiteti bilan ham hamkorliq qiladi. O‘zaro kelishuvga muvofiq, universitetning gistologiya, morfologiya va sud tibbiyoti ixtisosliklari bo‘yicha professor-o‘qituvchilari pullik kelishuv asosida qisqa muddatli (36 soatlik) malaka oshirish kurslarini o‘tkazishadi. Ushbu loyihaga markazning Buxoro filiali mas’ul etib belgilandi.
https://oz.sputniknews.uz/20230222/sud-ekspertizasi-tadqiqotlarini-otkazish-tartibi-ozgardi--tafsilotlar-32448397.html
o‘zbekiston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0d/45642481_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_f0de1e719481a46327d1861377b35865.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, tojikiston, sud, ekspertiza, hamkorlik, universitet
jamiyat, o‘zbekiston, tojikiston, sud, ekspertiza, hamkorlik, universitet
O‘zbekiston va Tojikiston sud-tibbiy ekspertiza sohasida hamkorlik qiladi
13:21 18.02.2025 (yangilandi: 14:04 18.02.2025) Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Tojikiston sud-tibbiy ekspertiza markazi, Osiyo xalqaro universiteti va Tojikiston tibbiyot universiteti bilan qator kelishuvlarga erishdi.
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. O‘zbekiston Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi va Tojikiston sud-tibbiy ekspertiza markazi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi, deya xabar berdi markaz
matbuot xizmati. Qayd etilishicha, endilikda markazlar o‘rtasida ilmiy-amaliy hamkorlik amalga oshiriladi. Xususan, kadrlar malakasini oshirish va ixtisoslik bo‘yicha klinik ordinaturada o‘qish. Qolaversa, tomonlar ekspertiza amaliyotiga zamonaviy tekshirish usullarini joriy etadi.
Quyidagi yo‘nalishlarda o‘zaro pullik kelishuv asosida 36 soatlik malaka oshirish kurslari tashkil etiladi:
Sud-tibbiy kriminalistika;
Sud-tibbiy biologiya va murakkab ekspertizalar.
“Tojikiston respublikasi sud-tibbiy ekspertiza markazining taklifiga binoan umumiy qiymati 10 ming dollarga teng 6 ta ilmiy loyihani amalga oshirishga kelishib olindi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, shu yilning aprel oyida markazning Buxoro viloyati filialida Osiyo xalqaro universiteti ko‘magida "Qo‘shma jarohatlarni sud-tibbiy baholash" mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkaziladi.
Shu bilan birga, markaz va Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston tibbiyot universiteti bilan ham hamkorliq qiladi. O‘zaro kelishuvga muvofiq, universitetning gistologiya, morfologiya va sud tibbiyoti ixtisosliklari bo‘yicha professor-o‘qituvchilari pullik kelishuv asosida qisqa muddatli (36 soatlik) malaka oshirish kurslarini o‘tkazishadi.
“Markaz, Osiyo xalqaro universiteti va Tojikiston tibbiyot universiteti o‘rtasida qiymati 20 ming dollarga teng bo‘lgan DNK laboratoriyasini o‘tkazish bo‘yicha dastlabki tayyorgarlik ilmiy-innovatsion loyihasini amaliyotga joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, — deya aniqlik kiritilgan xabarda.
Ushbu loyihaga markazning Buxoro filiali mas’ul etib belgilandi.