Mirziyoyev Turkmanistonda orden bilan mukofotlandi
Mirziyoyev Turkmanistonda orden bilan mukofotlandi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning "Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun" ordeni bilan taqdirlandi.Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ordenni tantanali topshirish marosimi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 5 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning "Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun" ordeni bilan taqdirlandi.Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ordenni tantanali topshirish marosimi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi.Mirziyoyev Turkmaniston rahbariyati va qardosh turkman xalqiga yuksak davlat mukofoti uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.Boy tarixiy tajriba, qardoshlik va o‘zaro hurmat an’analariga asoslangan O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.Keyingi yillarda muhim iqtisodiy va gumanitar loyihalar amalga oshirildi, o‘zaro savdo hajmi va kooperatsiya ko‘lami keskin oshdi.O‘zbekiston yetakchisi Arqadag‘ va mintaqaning barcha davlatlari rahbarlari Markaziy Osiyoda hamkorlikni ilgari surishga ulkan hissa qo‘shayotganini alohida qayd etdi. Bugun butun xalqaro hamjamiyat mintaqaviy sheriklik va o‘zlikning yangi modelini barpo etishdagi umumiy muvaffaqiyatlarni e’tirof etayotgani ta’kidlandi.So‘zining yakunida Mirziyoyev yuksak mukofot uchun yana bir bor minnatdorlik bildirib, qardosh turkman xalqini shu kunlarda o‘tayotgan BMT konferensiyasi bilan tabrikladi hamda joriy yil dekabr oyida Ashxobod shahrida Xalqaro tinchlik va ishonch yili doirasidagi global sammit muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.
O‘zbekiston prezidenti Turkmanistonning "Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun" ordeniga sazovor bo‘ldi.
TOShKENT, 5 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning "Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun" ordeni bilan taqdirlandi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ordenni tantanali topshirish marosimi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Mirziyoyev Turkmaniston rahbariyati va qardosh turkman xalqiga yuksak davlat mukofoti uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.
“Ushbu mukofotni O‘zbekiston va uning ko‘p millatli xalqiga alohida e’tibor va hurmat, Markaziy Osiyo mintaqasida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va sheriklik munosabatlarini mustahkamlash borasidagi umumiy sa’y-harakatlarimizning e’tirofi sifatida qabul qilaman”, - dedi O‘zbekiston yetakchisi.
Boy tarixiy tajriba, qardoshlik va o‘zaro hurmat an’analariga asoslangan O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Keyingi yillarda muhim iqtisodiy va gumanitar loyihalar amalga oshirildi, o‘zaro savdo hajmi va kooperatsiya ko‘lami keskin oshdi.
O‘zbekiston yetakchisi Arqadag‘ va mintaqaning barcha davlatlari rahbarlari Markaziy Osiyoda hamkorlikni ilgari surishga ulkan hissa qo‘shayotganini alohida qayd etdi. Bugun butun xalqaro hamjamiyat mintaqaviy sheriklik va o‘zlikning yangi modelini barpo etishdagi umumiy muvaffaqiyatlarni e’tirof etayotgani ta’kidlandi.
So‘zining yakunida Mirziyoyev yuksak mukofot uchun yana bir bor minnatdorlik bildirib, qardosh turkman xalqini shu kunlarda o‘tayotgan BMT konferensiyasi bilan tabrikladi hamda joriy yil dekabr oyida Ashxobod shahrida Xalqaro tinchlik va ishonch yili doirasidagi global sammit muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.