Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya harbiylari DXRdagi Aleksandro-Kalinovo qishlog‘ini ozod qildi

© RIA Novosti Rossiyskie voyennie. Arxivnoe foto.
Rossiyskie voyennie. Arxivnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2025
Obuna bo‘lish
Donesk Xalq Respublikasidagi Aleksandro-Kalinovo aholi punkti ozod qilindi.
TOShKENT, 2 avg – Sputnik. Rossiya harbiylari DXRning Aleksandro-Kalinovo qishlog‘ini ozod qildi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Janubiy kuchlar guruhi bo‘linmalari Donesk Xalq Respublikasidagi Aleksandro-Kalinovo aholi punktini ozod qildi”, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, rus jangchilari DXRning Kleban-Bik, Serebranka, Plesheyevka, Aleksandro-Shultino, Konstantinovka, Zvanovka va Ivanpolye aholi punktlari hududlarida uchta mexanizatsiyalashgan va tog‘li hujum brigadalarini, shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlari Milliy gvardiyasi brigadasini mag‘lub etdi.
Frontning ushbu qismida dushman yo‘qotishlari:
150 nafargacha askar;
uchta zirhli jangovar mashina, shu jumladan AQShda ishlab chiqarilgan M113 bronetransportori;
pikap;
uchta artilleriya quroli;
radioelektron kurash stansiyasi.
Boyevaya rabota podrazdeleniy Zapadnoy gruppi voysk na Kupanskom napravlenii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Qurolli kuchlari Chasov Yarni ozod qildi
Yangiliklar lentasi
0