Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Qurolli kuchlari Chasov Yarni ozod qildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishBoyevaya rabota podrazdeleniy Zapadnoy gruppi voysk na Kupanskom napravlenii.
Boyevaya rabota podrazdeleniy Zapadnoy gruppi voysk na Kupanskom napravlenii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlarining “Janub” qo‘shinlar guruhi Donesk Xalq Respublikasidagi Chasov Yar shahrini nazorat ostiga oldi. U muhim strategik ahamiyatga ega.
TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. "Janub" qo‘shinlar guruhining Kramatorsk-Drujkovsk yo‘nalishidagi hujum harakatlari natijasida Donesk Xalq Respublikasi hududida joylashgan Chasov Yar shahri ozod qilindi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Chaqiruv belgisi “Tepa” bo‘lgan razvedka boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, hozirda dron operatorlari o‘rmon zonalarida Ukraina qurollangan guruhlar qoldiqlarini aniqlashda davom etmoqda. Ularni yo‘q qilish uchun FPV dronlari va artilleriya zarbalari faol qo‘llanilmoqda.
Rossiya qo‘shinlarining Chasov Yarga yurishi 2024-yil bahorining oxirida boshlangan. Shahar muhim operativ-strategik ahamiyatga ega. U Artyomovsk yaqinida joylashgan va Shimoliy Dones-Donbass kanali bilan u ikki qismga bo‘lingan. Bu Ukraina Qurolli kuchlari nazorati ostida qolgan DXRdagi eng yirik aglomeratsiya – Slavansk-Kramatorsk, shuningdek, Konstantinovkaga yo‘l ochadigan hukmron balandlikdir.
Konstantinovka ozod qilinishi ko‘p oylardan beri ushbu hududni himoya qilayotgan Ukraina guruhini ta’minlab kelayotgan Ugledarga boradigan trassani ulardan uzishga imkon beradi. Bu guruhni yon tomondan aylanib o‘tib, shaharni qurshab olishga ham yo‘l ochadi.
Boyevaya rabota artdiviziona SVO na Avdeyevskom napravlenii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya armiyasi DXR va Zaporojyedagi ikkita aholi punktini ozod qildi
Yangiliklar lentasi
0