https://oz.sputniknews.uz/20250622/isroil-yangi-cheklovlar-ozbekiston-qoidalar-50089694.html
Isroilda yangi cheklovlar joriy etildi: o‘zbekistonliklar bilishi kerak bo‘lgan qoidalar
Isroilda yangi cheklovlar joriy etildi: o‘zbekistonliklar bilishi kerak bo‘lgan qoidalar
Sputnik O‘zbekiston
Isroilda barcha ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari yopildi va ish joyiga borish taqiqlandi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar berdi.
2025-06-22T11:10+0500
2025-06-22T11:10+0500
2025-06-22T11:10+0500
siyosat
jamiyat
isroil
o‘zbekiston
elchixona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/10/49950749_0:271:3072:1999_1920x0_80_0_0_706206d22f13ab9e3109bc2367597aba.jpg
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Isroilda barcha ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari yopildi va ish joyiga borish taqiqlandi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar berdi.Shunga muvofiq:
https://oz.sputniknews.uz/20250618/ozbekiston-isroil-mustaqil-tark-49993730.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/10/49950749_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_f90f653aa80436d102cdfd1719959ac4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
isroil o‘zbekistonning isroildagi elchixonasi
isroil o‘zbekistonning isroildagi elchixonasi
Isroilda yangi cheklovlar joriy etildi: o‘zbekistonliklar bilishi kerak bo‘lgan qoidalar
Isroilda xavfsizlik bo‘yicha yangi cheklovlar joriy etildi.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Isroilda barcha ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari yopildi va ish joyiga borish taqiqlandi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi
xabar berdi. "Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga. SAXAL (Isroil Mudofaa Armiyasi) matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 22-iyun soat 03:45 dan 23-iyun 8:00 gacha, mamlakatda xavfsizlik bo‘yicha yangi cheklovlar joriy etildi. Bu qaror mamlakatdagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan qabul qilindi", — deyiladi xabarda.
Ilgari "cheklangan faoliyat" deb belgilangan hududlarda endi "zarur hollarda faoliyat" tartibi joriy qilindi;
barcha ta’lim muassasalari o‘z faoliyatini to‘xtatadi;
Barcha ishlab chiqarish korxonalari yopiladi, faqat harbiy va tinch aholi ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan tarmoqlar bundan mustasno;
Ish joyiga borish taqiqlanadi.
"Yurtdoshlarimizni yana bir bor xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga, mamlakatda bo‘lish vaqtida ehtiyotkorlikni oshirishga va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikka chaqiramiz. Iltimos, rasmiy ma’lumotlardan xabardor bo‘lib boring", — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.