https://oz.sputniknews.uz/20250618/ozbekiston-isroil-mustaqil-tark-49993730.html
O‘zbekistonliklarga Isroilni mustaqil ravishda tark etish yo‘llari aytildi — tafsilotlar
O‘zbekistonliklarga Isroilni mustaqil ravishda tark etish yo‘llari aytildi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Isroilda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari bir qator nazorat-o‘tkazish punktlari orqali mamlakatni tark etishlari mumkin, deya xabar berdi elchixona matbuot xizmati.
2025-06-18T12:05+0500
2025-06-18T12:05+0500
2025-06-18T12:05+0500
jamiyat
isroil
chegara
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/1b/21549488_0:104:2001:1229_1920x0_80_0_0_66a6ea7ac09ad06ba14494bcfbc2a22f.jpg
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Isroilda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari bir qator nazorat-o‘tkazish punktlari orqali mamlakatni tark etishlari mumkin, deya xabar berdi elchixona matbuot xizmati. Qayd etilishicha, hozirgi xavfsizlik vaziyati munosabati bilan Isroilni mustaqil ravishda tark etish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari nazorat-o‘tkazish punktlari orqali mamlakatni tark etishlari mumkin. Barcha ko‘rsatilgan chegara punktlari hozirda odatiy tartibda (24 soat) faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonliklar "Menaxem Begin"/“Taba” nazorat-o‘tkazish punktini kesib o‘tib, Misrga vizasiz ("Sinay kirish muhri" orqali) kira olishadi. "Sinay kirish muhri" - 14 kungacha faqat Sinay yarim oroli hududida bo‘lish huquqini beradi (Qohira va boshqa shaharlarga safar qilish mumkin emas). Qayd etilishicha, 21 yoshga to‘lmagan fuqarolarga ota yoki onalaridan biri hamrohlik qilishi shart. "Taba"dan Sharm ash-Shayxgacha (270 km) avtobus yoki avtomobillarda harakatlanish imkoniyati mavjud. Aviaqatnovlar (Sharm ash-Shayx aeroportidan): “Shayx Husayn” (Bayt-Shean sh.) yoki "Isxak Rabin"/“Vadi Arava” (Eylat sh.) nazorat-o‘tkazish punktlari orqali Iordaniya poytahtigacha borib, keyin quyidagi aviayo‘nalishlardan foydalanish mumkin: Iordaniyaga kirish uchun mamlakat IIV sayti orqali viza olish zarur: Zarur hollarda O‘zbekiston elchixonalarining favqulodda telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin: Xabarda Isroil hududini tark etayotganda shaxsiy xavfsizlik ehtiyot choralarini ko‘rishni va Front orti buyrug‘i tomonidan berilgan ko‘rsatmalarga qat’iy amal qilishni so‘ralgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250617/tiv-ozbekiston-isroil-eron-mojaro-vazminlik-49982176.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/1b/21549488_110:0:1889:1334_1920x0_80_0_0_0a9132bb7c50c5565cb8c6e378c1126f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
menaxem begin / taba isroil-misr chegarasi eylat misr shayx xusayn isroil-iordaniya bayt-shean irbit isxak rabin / vadi arava akaba menaxem begin / taba isroil-misr chegarasi eylat misr shayx xusayn isroil-iordaniya bayt-shean irbit isxak rabin / vadi arava akaba uzairways turkish airlines pegasus airlines ummon – istanbul – toshkent ummon – dubay – toshkent https://www.moi.gov.jo https://moi.gov.jo/en/pages/visa_e_applications https://www.eservices.moi.gov.jo. +202 333-617-23 +20 128 666-1441 eg.uzembassy@mfa.uz +966 11 263-5223 +966 56 721-7731 uzbembriyadh@gmail.com) +972 (3) 672-2466, 672-2371 758-5075, 758-5076, (54) 485-1397, il.uzembassy@mfa.uz
menaxem begin / taba isroil-misr chegarasi eylat misr shayx xusayn isroil-iordaniya bayt-shean irbit isxak rabin / vadi arava akaba menaxem begin / taba isroil-misr chegarasi eylat misr shayx xusayn isroil-iordaniya bayt-shean irbit isxak rabin / vadi arava akaba uzairways turkish airlines pegasus airlines ummon – istanbul – toshkent ummon – dubay – toshkent https://www.moi.gov.jo https://moi.gov.jo/en/pages/visa_e_applications https://www.eservices.moi.gov.jo. +202 333-617-23 +20 128 666-1441 eg.uzembassy@mfa.uz +966 11 263-5223 +966 56 721-7731 uzbembriyadh@gmail.com) +972 (3) 672-2466, 672-2371 758-5075, 758-5076, (54) 485-1397, il.uzembassy@mfa.uz
O‘zbekistonliklarga Isroilni mustaqil ravishda tark etish yo‘llari aytildi — tafsilotlar
Elchixona: fuqarolar Misr, Iordaniyaning shimoliy va janubiy chegaralari orqali mamlakatni tark etishlari mumkin.
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Isroilda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari bir qator nazorat-o‘tkazish punktlari orqali mamlakatni tark etishlari mumkin, deya xabar berdi elchixona
matbuot xizmati. Qayd etilishicha, hozirgi xavfsizlik vaziyati munosabati bilan Isroilni mustaqil ravishda tark etish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari nazorat-o‘tkazish punktlari orqali mamlakatni tark etishlari mumkin.
“Menaxem Begin” / “Taba” — Isroil-Misr chegarasida joylashgan (Isroilning Eylat va Misrning Taba shaharlari o‘rtasida);
“Shayx Husayn” — Isroil-Iordaniya shimoliy chegarasida joylashgan (Isroilning Bayt-Shean va Iordaniyaning Irbit shaharlari o‘rtasida);
“Isxak Rabin” / “Vadi Arava” — Isroil-Iordaniya janubiy chegarasida joylashgan (Isroilning Eylat va Iordaniyaning Akaba shaharlari o‘rtasida).
Barcha ko‘rsatilgan chegara punktlari hozirda odatiy tartibda (24 soat) faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekistonliklar "Menaxem Begin"/“Taba” nazorat-o‘tkazish punktini kesib o‘tib, Misrga vizasiz ("Sinay kirish muhri" orqali) kira olishadi. "Sinay kirish muhri" - 14 kungacha faqat Sinay yarim oroli hududida bo‘lish huquqini beradi (Qohira va boshqa shaharlarga safar qilish mumkin emas).
Qayd etilishicha, 21 yoshga to‘lmagan fuqarolarga ota yoki onalaridan biri hamrohlik qilishi shart.
"Taba"dan Sharm ash-Shayxgacha (270 km) avtobus yoki avtomobillarda harakatlanish imkoniyati mavjud.
Aviaqatnovlar (Sharm ash-Shayx aeroportidan):
"UzAirways": haftasiga 3-marta (seshanba, chorshanba, shanba, soat 12:35) Toshkentga.
"Turkish Airlines": har kuni 1 yoki 2-marta Istanbulga (Istanbul xalqaro aeroportiga) (Toshkentga tranzit).
"Pegasus Airlines": har kuni 1 yoki 2-marta Istanbulga ("Sabixa Gokchen" aeroportiga) (Toshkentga tranzit).
“Shayx Husayn” (Bayt-Shean sh.) yoki "Isxak Rabin"/“Vadi Arava” (Eylat sh.) nazorat-o‘tkazish punktlari orqali Iordaniya poytahtigacha borib, keyin quyidagi aviayo‘nalishlardan foydalanish mumkin:
"O‘mon – Istanbul – Toshkent"
"O‘mon – Dubay – Toshkent"
Iordaniyaga kirish uchun mamlakat IIV sayti orqali viza olish zarur:
https://moi.gov.jo/EN/Pages/Visa_E_Applications
https://www.eservices.moi.gov.jo.
Zarur hollarda O‘zbekiston elchixonalarining favqulodda telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin:
Misrda (+202 333-617-23; +20 128 666-1441, eg.uzembassy@mfa.uz);
Saudiya Arabistonida, o‘rindoshlik asosida Iordaniyada (+966 11 263-5223, +966 56 721-7731, uzbembriyadh@gmail.com);
Isroilda (+972 (3) 672-2466, 672-2371, 758-5075, 758-5076, (54) 485-1397, il.uzembassy@mfa.uz).
Xabarda Isroil hududini tark etayotganda shaxsiy xavfsizlik ehtiyot choralarini ko‘rishni va Front orti buyrug‘i tomonidan berilgan ko‘rsatmalarga qat’iy amal qilishni so‘ralgan.