O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi fuqarolarni ogohlikka chaqirdi

© Sputnik / Vladimir Vyatkin / Mediabankka o‘tishFlag Izrailya
Flag Izrailya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2025
Obuna bo‘lish
Elchixona: raketa hujumlari paytida tezlik bilan bomba boshpanalariga kiring.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakat fuqarolarini ehtimoliy raketa hujumlari munosabati bilan ogohlikka chaqirdi.
“Isroil Davlatida istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari DIQQATIGA!!! Hurmatli O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari! Raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi sizlardan yana bir bor tezkor ehtiyot choralarini ko‘rishni qat’iy tavsiya qiladi”, — deyiladi xabarda.
Elchixona quyidagilarni tavsiya qilmoqda:
Raketa hujumlari paytida tezlik bilan bomba boshpanalariga kiring;
Isroil hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib boring. Isroil front orti qo‘mondonligi bildirishnomalari va ogohlantirishlariga amal qilin;
Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa ma’lumotlarini doimo o‘zingiz bilan olib yuring.
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasiga telefon raqamlari:
03-672-2466
03-672-2371
03-758-5075
03-758-5076
Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun: 054 485 1397
Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz
Uzbekistan Airports ma’lumotiga ko‘ra, Eron havo hududi yopilishi sababli Toshkentdan uchgan ikki samolyot ortga qaytarilgan.
Eron havo hududining yopilishi munosabati bilan bir nechta reyslar Toshkentdagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi:
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent - Jidda yo‘nalishidagi HY5343 reysi soat 6:18 da Toshkent ayeroportiga qaytib qo‘ndi;
"Fly Dubai" aviakompaniyasining Toshkent - Dubay yo‘nalishidagi FZ1942 reysi mahalliy vaqt bilan soat 6:37 da qo‘ndi.
Shuningdek, "Air Cairo" aviakompaniyasining Olmaota - Sharm-ash-Shayx yo‘nalishi bo‘yicha SM882 reysi (07:46) va "Qatar Airways" aviakompaniyasining Seul - Doha yo‘nalishi bo‘yicha QR8985 reysi (07:57) Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.
Udari Izrailya po Iranu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2025
Isroilning Erondagi obyektlarga zarbalari — nimalar ma’lum?
Yangiliklar lentasi
0