Isroilning Erondagi obyektlarga zarbalari — nimalar ma’lum?

© AP Photo / Vahid SalemiUdari Izrailya po Iranu
Udari Izrailya po Iranu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2025
Obuna bo‘lish
Isroil Eronning yadroviy va harbiy infratuzilmasiga zarbalar berdi.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Tunda Isroil Eron hududiga hujum qildi. Al Masirah telekanali xabariga ko‘ra, zarbalar Tehron, Natanz, Xurramobod va Hamadonga berilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida kamida besh kishi halok bo‘lgan, yana 20 kishi yaralangan. Hujum boshlangach, Isroil o‘z havo hududini yopib, favqulodda holat e’lon qildi. Eron ham, o‘z navbatida, aviaqatnovlarni to‘xtatdi.
Eronning Tasnim davlat agentligi Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni Husayn Salamining o‘limi haqida xabar berdi. Isroilning Tehronga bergan zarbalari nishoni yadroviy va harbiy infratuzilma obyektlari, shuningdek, eronlik harbiy qo‘mondonlar edi.
Isroilning Tehronga hujumlari oqibatida kamida 50 kishi jabrlandi, ulardan kamida 35 nafari ayollar va bolalar, deb xabar bermoqda Eron davlat televideniyesi.
Dastlabki ma’lumotlar:
Isroil mudofaa vaziri Israel Kas butun mamlakat bo‘ylab favqulodda holat e’lon qildi;
AQSh davlat kotibi Marko Rubio Vashington Eronga berilgan zarbalarda ishtirok etmaganini va Tel-Avivga yordam ko‘rsatmaganini tasdiqladi;
AQSh Eron yadroviy muzokaralarga qaytishiga umid qilmoqda, deydi Tramp;
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu xavfsizlik kengashi yig‘ilishini chaqirmoqda;
Eronning shimoliy qismidagi Natanza shahridagi yadroviy obyektga bir necha bor hujum uyushtirildi;
MAGATE mamlakatdagi radiatsiya darajasini kuzatib boradi;
Tehron Tel-Avivning harakatlariga qat’iy javob berishga va’da berdi, hujumdan so‘ng Isroil armiyasi minglab zaxiradagi askarlarni chaqirishga buyruq berdi;
Tehron AQShni Isroilning Eronga bergan zarbalariga sherik deb hisoblaydi;
Isroil rasmiylari Eron yaqin soatlarda javob qaytarishi va yuzlab ballistik raketalarni uchirishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda;
Eron Isroilning harakatlarini javobsiz qoldirmaydi, deydi Oyatulloh Ali Xomanaiy;
Eronning neftni qayta ishlash va marketing kompaniyasi xabariga ko‘ra, Eronning neftni qayta ishlash zavodlari va omborlari Isroil zarbalaridan zarar ko‘rmagan;
Isroilning Eron shimoli-g‘arbidagi harbiy garnizonlarga uyushtirgan hujumi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, olti kishi yaralandi, deb xabar bermoqda ISNA.
Netanyaxu Isroilning eron hududidagi operatsiyasi qancha kun kerak bo‘lsa, shuncha davom etadi, deb aytdi.
Gosudarstvenniy flag Irana v Tegerane. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2025
Eron Isroil hujum qilgan taqdirda javob zarbasi rejasini ishlab chiqdi
Yangiliklar lentasi
0