Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukrainadagi mojaroning muzlatilishi yadro urushiga olib keladi — Medinskiy

© RIA NovostiVladimir Medinskiy.
Vladimir Medinskiy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti yordamchisi: 2022-yildagi tinchlik shartnomasi shartlari Rossiya bugun Kiyevga taklif qilayotganidan yumshoqroq edi.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Haqiqiy tinchlik bo‘yicha kelishuvlarsiz Ukrainadagi mojaroni muzlatish yadroviy urushga olib keladi, dedi Rossiya prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy amerikalik RT jurnalisti Rik Sanchesning "Sanches effekti" shousi doirasidagi intervyusida.
Uning qayd etishicha, Ukraina uchun 2022-yildagi tinchlik shartnomasi shartlari Rossiya bugun Kiyevga taklif qilayotganidan yumshoqroq edi.
O‘shanda Rossiya quyidagilarni talab qilgan: Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishdan bosh tortishi, Ukrainada pravoslav cherkovi va rus tili teng huquqlarda bo‘lishi, Qrimdagi referendum natijalarini tan olish, Donbassning Ukraina tarkibida yashashni istamaydigan ikki mintaqasini tinch qo‘yish.
Vladimir Medinskiyning so‘zlariga ko‘ra, agar Ukraina tinchlikni xohlab, o‘zi qaror qabul qilganida, Moskva bilan tinchlik shartnomasi 2022-yil 28-fevralda imzolangan bo‘lar edi.
"Oxir-oqibat birinchi marta Istanbulda kelishib oldik. Biz shartnomani tayyorladik, hozirgidek yodimda: 19 sahifa, juda batafsil. U yerda hatto so‘zlarni rus, ingliz va ukrain tillarida bir xil tushunish mumkin bo‘lgan nyuanslar ham bor edi. O‘n beshinchi aprelda bu shartnomani prezident Putin ko‘rib chiqdi va bir yoki ikkita tuzatish kiritdi. U professional yurist", — dedi Medinskiy.
Medinskiy quyidagilarni ma’lum qildi:
Zelenskiy 2022-yilda muhokama qilingan kelishuvni olgandan so‘ng ikki hafta sukut saqladi, Boris Jonson va Jo Baydenning odamlari uning oldiga kelishdi;
ukrainaliklar 2022-yilda o‘zlarining xorijiy hamkorlari o‘sha paytda Rossiya tomoni bilan kelishilgan shartnoma tuzishga qarshi ekanliklarini aytishgan;
Istanbulda bo‘lgan UQK harbiylarining ko‘zlarida jang qilish va askarlarni o‘limga yuborishni istamasligi ko‘rinib turgan edi;
Moskva bunga javoban Ukrainaga rus harbiylarining jasadlarini topshirishni taklif qildi, agar ular bo‘lsa — aftidan, ularning qaytarib beradigan narsasi yo‘q;
Rossiya bir tomonlama tartibda Kiyevga olti ming ukrainalik askarning jasadini topshirishni rejalashtirgan, Moskva bu qurbonlarning barchasining shaxsini aniqlagan.
Rossiyaga urush umuman kerak emas, u Ukrainaning hozirgi rahbariyati uchun zarur. Ularga hokimiyatda abadiy qolish uchun doimiy dushman va urush kerak;
2022 yilda Ukraina delegatsiyasi muzokaralarda bu yilgiga qaraganda mustaqilroq va erkinroq ko‘ringandi.

"Bundan tashqari, ular juda asabiylashgan va doim bir-birlariga qarashdi. Ular bir-birini kuzatayotgandek tuyuldi", — dedi Medinskiy.

Rossiya prezidenti yordamchisining aytishicha, tinchlik jarayonining muammosi shundaki, Yevropa Kiyevga manfaatli kelishuvlarga erishishga ruxsat bermayapti.
“Kiyevdan kelgan muzokarachilar Yevropa manfaatlarini emas, balki Ukraina manfaatlarini ko‘zlasa, maqbul shartlarda tezda kelishuvga erishish mumkin. Ukraina bilan nodir yerlar shartnomasi - Moskva bilan hamkorlikda Amerika biznesi olishi mumkin bo‘lgan narsalar oldida hech narsa emas. Trampning siyosati Rossiyaga tushunarli, u AQShning milliy manfaatlarini ko‘zlaydi”, - deya qo‘shimcha qildi Vladimir Medinskiy.
Postpred Rossii pri OON Vasiliy Nebenzya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Ukraina bilan Minsk kelishuvlari takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaydi — Nebenzya
Yangiliklar lentasi
0