https://oz.sputniknews.uz/20250531/rossiya-ukraina-nebenzya-49639591.html
Rossiya Ukraina bilan Minsk kelishuvlari takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaydi — Nebenzya
Rossiya Ukraina bilan Minsk kelishuvlari takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaydi — Nebenzya
Sputnik O‘zbekiston
Moskva Ukrainaga o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvlari niqobi ostida qayta qurollanish imkoniyatini bermaydi, dedi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.
2025-05-31T14:54+0500
2025-05-31T14:54+0500
2025-05-31T15:02+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyoda
dunyo yangiliklari
rossiya
ukraina
bmt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/0d/15399219_0:30:2775:1590_1920x0_80_0_0_70b67ef352de29e90446938511cc9976.jpg
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Moskva Ukrainaga o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvlari niqobi ostida qayta qurollanish imkoniyatini bermaydi, dedi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.Rossiya vakili, shuningdek, Ukraina mojarosining asosiy sabablarini yo‘q qilish ushbu muammoni “bir marta va butunlay” hal qilish uchun fundamental ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.2 iyun, dushanba kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning yangi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Moskva ularda bo‘lajak tinchlik shartnomasi bo‘yicha memorandumni taqdim etadi. U mojaroning asosiy sabablarini hal qilish uchun barcha jihatlarni o‘z ichiga oladi.Rossiya delegatsiyasi tarkibi avvalgi bosqichdagi kabi bo‘ladi: prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin, Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Igor Kostukov va mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksandr Fomin.Moskva va Kiyev vakillari o‘rtasida uch yil ichidagi birinchi uchrashuv 16-may kuni Istanbulda bo‘lib o‘tdi. Tomonlar keng miqyosda - 1000 ga 1000 formatida asir almashishni o‘tkazish va kelajakdagi sulh imkoniyatlari haqida qarashlarni taqdim etishga kelishib oldilar.Muzokaralar chog‘ida Ukraina davlat rahbarlarining uchrashuvini o‘tkazishni so‘radi. Rossiya buni e’tiborga oldi.Asirlar almashinuvi yakunlandi.
https://oz.sputniknews.uz/20250530/bolajak-rossiya-ukraina-muzokaralarining-ayrim-mavzulari-malum-boldi-49624400.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/0d/15399219_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_73a0d1447abe424fe9840a240bfe3bfb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya ukraina minsk kelishuvlari
rossiya ukraina minsk kelishuvlari
Rossiya Ukraina bilan Minsk kelishuvlari takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaydi — Nebenzya
14:54 31.05.2025 (yangilandi: 15:02 31.05.2025) Rossiya vakili Ukraina mojarosining asosiy sabablarini yo‘q qilish muhim ekanini ta’kidladi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Moskva Ukrainaga o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvlari niqobi ostida qayta qurollanish imkoniyatini bermaydi,
dedi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.
“Bunga hisob olmasligingiz mumkin. “Minsk” takrori bo‘lmaydi”, - dedi u.
Rossiya vakili, shuningdek, Ukraina mojarosining asosiy sabablarini yo‘q qilish ushbu muammoni “bir marta va butunlay” hal qilish uchun fundamental ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
2 iyun, dushanba kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning yangi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Moskva ularda bo‘lajak tinchlik shartnomasi bo‘yicha memorandumni taqdim etadi. U mojaroning asosiy sabablarini hal qilish uchun barcha jihatlarni o‘z ichiga oladi.
Rossiya delegatsiyasi tarkibi avvalgi bosqichdagi kabi bo‘ladi: prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin, Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Igor Kostukov va mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksandr Fomin.
Moskva va Kiyev vakillari o‘rtasida uch yil ichidagi birinchi uchrashuv 16-may kuni Istanbulda bo‘lib o‘tdi. Tomonlar keng miqyosda - 1000 ga 1000 formatida asir almashishni o‘tkazish va kelajakdagi sulh imkoniyatlari haqida qarashlarni taqdim etishga kelishib oldilar.
Muzokaralar chog‘ida Ukraina davlat rahbarlarining uchrashuvini o‘tkazishni so‘radi. Rossiya buni e’tiborga oldi.
Asirlar almashinuvi yakunlandi.