https://oz.sputniknews.uz/20250610/rossiya-ozbekiston-elchi-oleg-malginov-diplomat-missiya-yakun-49815440.html
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov diplomatik missiyasini yakunlamoqda
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov diplomatik missiyasini yakunlamoqda
Sputnik O‘zbekiston
Elchixonada asosiy milliy bayram – Rossiya kuni munosabati bilan tantanali ziyofat tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov ishtirok etdi.
2025-06-10T10:01+0500
2025-06-10T10:01+0500
2025-06-10T10:53+0500
siyosat
o‘zbekiston
rossiya
elchi
elchixona
oleg malginov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/0a/49814809_0:72:769:505_1920x0_80_0_0_60a9ae353cbed8cf5928c00e7c96954f.png
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov diplomatik missiyasini yakunlamoqda. Bu haqda u Rossiya kuniga bag‘ishlangan nutqida aytib o‘tdi.Elchixonada asosiy milliy bayram – Rossiya kuni munosabati bilan tantanali ziyofat tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fazilov, respublikaning boshqa vazirlik va idoralari, Toshkent shahridagi diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi. U o‘z so‘zida elchi sifatidagi faoliyati nihoyasiga yetayotganini aytib o‘tdi.U, shuningdek, "men bu yerda ko‘plab do‘stlar qoldirdim, ular bilan yana uchrashamiz. O‘z navbatida, men bundan keyin ham Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlayman", deya qayd etdi.Uning aytishicha, ikki mamlakat turli ko‘p tomonlama platformalarda, jumladan, BMT, ShHT, MDH va YeOIIda yaqindan hamkorlik qilmoqda. U o‘z so‘zida O‘zbekiston ham Yevroosiyo qit’asida o‘zaro manfaatli teng huquqli hamkorlik va rivojlanish asoslarini shakllantirishning faol ishtirokchisiga aylanishini qayd etdi.Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 5-mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin farmoniga muvofiq, Oleg Malginov mamlakatning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlangan edi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/0a/49814809_1:0:769:576_1920x0_80_0_0_233c91d4b10778390d282796bd8d8860.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
oleg malginov diplomatik missiya rossiya kuni
oleg malginov diplomatik missiya rossiya kuni
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov diplomatik missiyasini yakunlamoqda
10:01 10.06.2025 (yangilandi: 10:53 10.06.2025) Oleg Malginov: men bundan keyin ham Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlayman.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov diplomatik missiyasini yakunlamoqda. Bu haqda u Rossiya kuniga bag‘ishlangan nutqida aytib o‘tdi.
Elchixonada asosiy milliy bayram – Rossiya kuni munosabati bilan tantanali ziyofat tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fazilov, respublikaning boshqa vazirlik va idoralari, Toshkent shahridagi diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.
"Millionlik vatandoshlarimiz tinch-totuv va ahil-inoq yashayotgan mehmondo‘st o‘zbek zaminida Rossiya kunini beshinchi bor nishonlash men uchun katta sharafdir. Ular nafaqat respublika gullab-yashnashiga o‘z hissasini qo‘shmoqda, balki xalqlarimiz mamlakatlarimizdagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda", — dedi Oleg Malginov.
U o‘z so‘zida elchi sifatidagi faoliyati nihoyasiga yetayotganini aytib o‘tdi.
"O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevdan, O‘zbekiston hukumatidan, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidan, vatandoshlar, butun O‘zbekiston xalqi, elchixona xodimlari va turmush o‘rtog‘imdan juda minnatdorman", — deya qo‘shimcha qildi Rossiya elchisi.
U, shuningdek, "men bu yerda ko‘plab do‘stlar qoldirdim, ular bilan yana uchrashamiz. O‘z navbatida, men bundan keyin ham Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlayman", deya qayd etdi.
"Bugun Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar xalqaro huquq, suverenitetni hurmat qilish, qarorlar qabul qilishda mustaqillik va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillariga asoslangan ana shunday o‘zaro manfaatli sheriklikning yorqin namunasi ekanligi quvonarlidir. G‘arbning mamlakatlarimiz o‘rtasida nizo urug‘ini ekishga, xalqlarimizni bo‘lib tashlashga bo‘lgan o‘ta takallufsiz urinishlariga qaramay, biz ig‘volarga uchmaymiz va prezidentlarimiz tomonidan siyosat va iqtisodiyotdan tortib energetika, ta’lim, fan va madaniyatgacha bo‘lgan muhim sohalarda ko‘p bosqichli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan yo‘nalishga amal qilishda davom etamiz”, — deya qayd etdi Oleg Malginov tadbirda.
Uning aytishicha, ikki mamlakat turli ko‘p tomonlama platformalarda, jumladan, BMT, ShHT, MDH va YeOIIda yaqindan hamkorlik qilmoqda.
"Biz BMT, YeXHT, ShHT va boshqa xalqaro tashkilotlarda yaqin, ko‘pincha bir-biriga mos keladigan pozitsiyalardan turib gaplashamiz. Moskva Toshkentning MDHdagi integratsiya jarayonlarida, shuningdek, YeOIIda kuzatuvchi sifatida faol ishtirok etishini olqishlaydi. Shu o‘rinda alohida ta’kidlashni istardimki, O‘zbekiston shunchaki “kuzatib” emas, balki ishda faol ishtirok etib, birlashish kun tartibiga o‘zining konstruktiv hissasini qo‘shmoqda", — dedi Malginov.
U o‘z so‘zida O‘zbekiston ham Yevroosiyo qit’asida o‘zaro manfaatli teng huquqli hamkorlik va rivojlanish asoslarini shakllantirishning faol ishtirokchisiga aylanishini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 5-mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin farmoniga muvofiq, Oleg Malginov mamlakatning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib
tayinlangan edi.