https://oz.sputniknews.uz/20250610/misrdan-s-gepatit-dori-ikkinchi-partiya-49814213.html
Misrdan "S" gepatitiga qarshi dori vositalarining ikkinchi partiyasi olib kelindi
Misrdan "S" gepatitiga qarshi dori vositalarining ikkinchi partiyasi olib kelindi
Sputnik O‘zbekiston
Misr tomoni umumiy qiymati 114,829 dollar bo‘lgan 28 dona qutida 7440 dona "S" gepatitiga qarshi beg‘araz "Sofosbuvir-400mg" dori vositasining 2025-yildagi ikkinchi partiyasini taqdim etdi.
2025-06-10T09:24+0500
2025-06-10T09:24+0500
2025-06-10T10:27+0500
jamiyat
o‘zbekiston
misr
dori
gepatit
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/11/36919342_0:94:555:406_1920x0_80_0_0_130bd2ac0632801a6d74f6950275e9d6.jpg
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Misrdan "S" gepatitiga qarshi dori vositalarining ikkinchi partiyasi O‘zbekistonga olib kelindi, deya xabar berdi "Dunyo" AA. Qayd etilishicha, Misr tomoni umumiy qiymati 114,829 dollar bo‘lgan 28 dona qutida 7440 dona "S" gepatitiga qarshi beg‘araz "Sofosbuvir-400mg" dori vositasining 2025-yildagi ikkinchi partiyasini taqdim etdi. Ushbu dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi. O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2023-2024 yillarda Misr hukumati tomonidan mamlakatga "S" gepatitiga qarshi kurashish uchun umumiy vazni 12,4 tonna bo‘lgan "Daclatasvir" va "Sofosbuvir" dori vositalari 27 partiyada insonparvarlik ko‘magi sifatida berilgan. Mazkur dori vositalarining umumiy qiymati 1,4 million dollarga teng. Eslatib o‘tamiz, iyun boshida "S" gepatiti kasalligiga qarshi dori vositalarining ilk partiyasi olib kelingan edi. Ushbu insonparvarlik loyihasi O‘zbekiston prezidentining "S" gepatitini 100 foiz davolash bo‘yicha tashabbusi ijrosi doirasida amalga oshirildi.
https://oz.sputniknews.uz/20230614/gepatit-c-muloyim-qotil-isakov-35966343.html
o‘zbekiston
misr
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/11/36919342_0:42:555:458_1920x0_80_0_0_a48c52323fdf3bdb7eae638073c8e015.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
misr "s" gepatitiga qarshi "sofosbuvir-400mg" dori
misr "s" gepatitiga qarshi "sofosbuvir-400mg" dori
Misrdan "S" gepatitiga qarshi dori vositalarining ikkinchi partiyasi olib kelindi
09:24 10.06.2025 (yangilandi: 10:27 10.06.2025) Dori vositalari Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Misrdan "S" gepatitiga qarshi dori vositalarining ikkinchi partiyasi O‘zbekistonga olib kelindi, deya xabar berdi
"Dunyo" AA. Qayd etilishicha, Misr tomoni umumiy qiymati 114,829 dollar bo‘lgan 28 dona qutida 7440 dona "S" gepatitiga qarshi beg‘araz "Sofosbuvir-400mg" dori vositasining 2025-yildagi ikkinchi partiyasini taqdim etdi.
Ushbu dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.
O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2023-2024 yillarda Misr hukumati tomonidan mamlakatga "S" gepatitiga qarshi kurashish uchun umumiy vazni 12,4 tonna bo‘lgan "Daclatasvir" va "Sofosbuvir" dori vositalari 27 partiyada insonparvarlik ko‘magi sifatida berilgan.
Mazkur dori vositalarining umumiy qiymati 1,4 million dollarga teng.
Eslatib o‘tamiz, iyun boshida "S" gepatiti kasalligiga qarshi dori vositalarining ilk partiyasi olib kelingan edi. Ushbu insonparvarlik loyihasi O‘zbekiston prezidentining "S" gepatitini 100 foiz davolash bo‘yicha tashabbusi ijrosi doirasida
amalga oshirildi.