https://oz.sputniknews.uz/20250610/mirziyoev-gazo-muammo-echim-49831599.html
Mirziyoyev G‘azo sektoridagi muammoning yagona yechimini aytdi
Mirziyoyev G‘azo sektoridagi muammoning yagona yechimini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Falastin davlati o‘z mustaqil davlatiga ega bo‘lishga haqlidir. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan investitsiya forumida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
2025-06-10T16:49+0500
2025-06-10T16:49+0500
2025-06-10T16:49+0500
siyosat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
forum
falastin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/0d/46103906_0:0:2112:1188_1920x0_80_0_0_c518e1d66a8441694527a3e6fd89cf81.png
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Falastin davlati o‘z mustaqil davlatiga ega bo‘lishga haqlidir. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan investitsiya forumida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Mamlakat yetakchisi o‘z so‘zida ko‘pdan beri cho‘zilayotgan G‘azo sektoridagi fojiaga e’tiborni qaratdi.Qayd etilishicha, global kun tartibidagi yana bir masala — qo‘shni Afg‘onistonning tinch va barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish.Ma’lumot uchun, Xalqaro kongress markazida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida to‘rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Forumda 8 mingdan ziyod ishtirokchi, jumladan, dunyoning 100 taga yaqin mamlakatidan 3 mingga yaqin xorijiy mehmon ishtirok etmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20250610/istanbul-togridan-togri-muzokaralar-mirziyoev-49831390.html
o‘zbekiston
falastin
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/0d/46103906_264:0:1848:1188_1920x0_80_0_0_e8bdb222d668fab0a98a4e8e236083f4.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
falastin mustaqil davlat o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev toshkent investitsiya forumi falastin mustaqil davlat o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev toshkent investisiya forumi
falastin mustaqil davlat o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev toshkent investitsiya forumi falastin mustaqil davlat o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev toshkent investisiya forumi
Mirziyoyev G‘azo sektoridagi muammoning yagona yechimini aytdi
Mirziyoyev: Falastin davlati o‘z mustaqil davlatiga ega bo‘lishga haqlidir.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Falastin davlati o‘z mustaqil davlatiga ega bo‘lishga haqlidir. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan investitsiya forumida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Mamlakat yetakchisi o‘z so‘zida ko‘pdan beri cho‘zilayotgan G‘azo sektoridagi fojiaga e’tiborni qaratdi.
“Yigirma birinchi asrda ko‘z o‘ngimizda ko‘plab begunoh insonlarning nobud bo‘layotganini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. Bu muammoning yagona yechimi — xalqaro huquq meyorlari va qabul qilingan rezolyutsiyalar asosida adolatli hal etish. Falastin davlati o‘z mustaqil davlatiga ega bo‘lishga haqlidir”, — dedi Mirziyoyev.
Qayd etilishicha, global kun tartibidagi yana bir masala — qo‘shni Afg‘onistonning tinch va barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish.
“Bu davlatning amaldagi hukumati bilan xalqaro maydonda konstruktiv muloqot olib borish, uning yakkalanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik har qachongidan ham muhim, deb o‘ylaymiz. Zero mazkur davlatdagi osoyishtaligi va iqtisodiy rivojlanishi yon-atrofdagi barcha mintaqalarning uzoq muddatli taraqqiyoti uchun zarur omil, deb bilamiz”, — deya qo‘shimcha qildi O‘zbekiston rahbari.
Ma’lumot uchun, Xalqaro kongress markazida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida to‘rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Forumda 8 mingdan ziyod ishtirokchi, jumladan, dunyoning 100 taga yaqin mamlakatidan 3 mingga yaqin xorijiy mehmon ishtirok etmoqda.