Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Istanbulda bo‘layotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni qo‘llab-quvvatlaymiz — Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev vistupayet na plenarnom zasedanii tretyego Tashkentskogo mejdunarodnogo investitsionnogo foruma.
Prezident Shavkat Mirziyoyev vistupayet na plenarnom zasedanii tretyego Tashkentskogo mejdunarodnogo investitsionnogo foruma. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2025
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev: biz Ukraina bilan bog‘liq vaziyatni faqat diplomatik yo‘llar bilan hal etish zarur.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Istanbulda bo‘layotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan investitsiya forumida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Xalqaro kongress markazida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida to‘rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda prezident nutq so‘zladi.
Uning qayd etishicha, dunyoda tinchlik, adolat va inson qadriga bo‘lgan umumiy ishonchni ta’minlash har qachongidan muhim.
“Biz buni tushunyapmiz, shunga qarab harakat qilishimiz kerak. Biz Ukraina bilan bog‘liq vaziyatni faqat diplomatik yo‘llar bilan hal etish zarur, deb hisoblaymiz va Istanbulda bo‘layotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni qo‘llab-quvvatlaymiz”, — dedi prezident.
Ma’lumot uchun, forumda 8 mingdan ziyod ishtirokchi, jumladan, dunyoning 100 taga yaqin mamlakatidan 3 mingga yaqin xorijiy mehmon ishtirok etmoqda.
Forumning asosiy voqeasi — O‘zbekistonning sanoat va investitsiya salohiyatini namoyish etuvchi birinchi Milliy ko‘rgazma bo‘ldi. Unda esa, neft-kimyo, mashinasozlik, qurilish sanoati va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash kabi 10 dan ortiq tez rivojlanayotgan sohalar bo‘yicha 90 ta kompaniya o‘z mahsulotlarini taqdim etdi.
Vladimir Medinskiy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukrainadagi mojaroning muzlatilishi yadro urushiga olib keladi — Medinskiy
Yangiliklar lentasi
0