Farg‘ona viloyati rossiyalik investorlar uchun ochiq — Nuriddin Mamajonov

© Xokimiyat Ferganskoy oblastiZamestitel xokima Ferganskoy oblasti Nuriddin Mamajonov
Zamestitel xokima Ferganskoy oblasti Nuriddin Mamajonov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2025
Obuna bo‘lish
Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari: hozirda Farg‘ona viloyatida Rossiyaning 170 ga yaqin kompaniyasi faoliyat yuritmoqda.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati rossiyalik investorlar bilan hamkorlik uchun ochiq bo‘lib, xorijiy hamkorlar, jumladan, rossiyalik hamkorlarning manfaatlari respublika qonunchiligi bilan himoyalangan. Bu haqda viloyat hokimining investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov RIA Novostiga ma’lum qildi.
"O‘zbekiston yuqori sur’atlarda rivojlanayotgan va zamonaviy islohotlarni amalga oshirayotgan mamlakat sifatida xorijiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish uchun bozorimiz, iqtisodiyotimizning xorijiy hamkorlar uchun ochiqligi siyosatini juda faol olib bormoqda”, — dedi Mamajonov Toshkent investitsiya forumi doirasida agentlik bilan suhbatda.
Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda Farg‘ona viloyatida Rossiyaning 170 taga yaqin kompaniyasi faoliyat yuritmoqda.

"Umuman olganda, barcha mamlakatlar, barcha tadbirkorlar, butun dunyodagi barcha bizneslar uchun bizda sharoitlar bir xil. Xorijiy investorlar uchun asosiy shart-sharoitlar qonunchilik yo‘li bilan, ya’ni respublika darajasida ta’minlanadi. Bizda investitsiyalarni himoya qilish to‘g‘risida qonun qabul qilingan", — dedi viloyat hokimi o‘rinbosari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqada xorijiy va mahalliy investorlar uchun sharoitlar teng. Viloyatdagi iqtisodiyot boshqa hududlarga nisbatan ancha tez o‘smoqda, deya qo‘shimcha qildi Mamajonov.
Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyati - O‘zbekiston Respublikasining aholi eng zich joylashgan hududlaridan biri. Hozirgi kunda viloyatda 4,2 milliondan ortiq aholi istiqomat qilmoqda. Aholining asosiy qismini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi - bu taxminan 55 foiz.
Kolledj sifrovix professiy Sinergiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2025
Farg‘onada Rossiyaning “Sinergiya” raqamli kasblar texnikumi tashkil etiladi
Yangiliklar lentasi
0