Farg‘onada Rossiyaning “Sinergiya” raqamli kasblar texnikumi tashkil etiladi

© Kolledj sifrovix professiy "Sinergiya"Kolledj sifrovix professiy "Sinergiya"
Kolledj sifrovix professiy Sinergiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2025
Obuna bo‘lish
“Sinergiya” raqamli kasb-hunar texnikumi o‘rtasida ikki tomonlama diplom berish dasturini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 28-may — Sputnik. Farg‘ona shahrida Rossiyaning “Sinergiya” raqamli kasblar texnikumi tashkil etiladi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Namangan viloyatida Rossiyaning "Sinergiya" raqamli kasblar texnikumi ochiladi
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va Rossiyaning “Sinergiya” korporatsiyasi vitse-prezidenti Mixail Yerofeyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda yosh avlodni raqamli sohalarga yo‘naltirish, ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan bog‘liq zamonaviy kasblarga o‘qitish orqali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Farg‘ona shahrida “Sinergiya” raqamli kasblar texnikumini tashkil etish hamda ushbu texnikum bilan Rossiyadagi “Sinergiya” raqamli kasb-hunar texnikumi o‘rtasida ikki tomonlama diplom berish dasturini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
“Muloqotda mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va o‘zaro hamkorlik chora-tadbirlarini belgilab olish bo‘yicha kelishib olindi”, — deyiladi xabrada.
Uchrashuvda “Sinergiya” korporatsiyasi faoliyati haqida taqdimot o‘tkazildi. Ushbu klaster 50 tadan ortiq turli yo‘nalishdagi tashkilotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ta’lim, texnologik resurslar, marketing, sotuv va o‘quv jarayonlarini boshqarish sohalarida katta tajribaga ega ekani ta’kidlandi.
Pustaya auditoriya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2025
Milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent filialida muhandislik maktabi ochiladi
Yangiliklar lentasi
0