Moskvada o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi

© Posolstvo Uzbekistana v MoskveV Posolstve Uzbekistana proveden otkritiy dialog so studentami, obuchayushimisya v rossiyskix vuzax
V Posolstve Uzbekistana proveden otkritiy dialog so studentami, obuchayushimisya v rossiyskix vuzax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadov zamonaviy dunyoda yoshlarning ta’lim va kasbiy o‘sishi muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. O‘zbekiston elchixonasida Rossiyaning yetakchi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan va Moskva shahrida ishlayotgan yosh tadbirkor vatandoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda elchixona matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadov zamonaviy dunyoda yoshlarning ta’lim va kasbiy o‘sishi muhim rol o‘ynashini ta’kidladi. Xorijning nufuzli universitetlarida bilim olish nafaqat shaxsiy yutuq, balki Yangi O‘zbekiston rivojiga qo‘shilgan muhim hissa ekani qayd etildi.
© Posolstvo Uzbekistana v MoskveV Posolstve Uzbekistana proveden otkritiy dialog so studentami, obuchayushimisya v rossiyskix vuzax
V Posolstve Uzbekistana proveden otkritiy dialog so studentami, obuchayushimisya v rossiyskix vuzax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2025
V Posolstve Uzbekistana proveden otkritiy dialog so studentami, obuchayushimisya v rossiyskix vuzax
Xorijiy oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining kasb-hunar egallash imkoniyatlariga e’tibor qaratildi. Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston prezidentining yosh mutaxassislarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslari haqida ma’lumot berildi.
Suhbatda mezbon mamlakat qonunlariga rioya qilish, Rossiya madaniyatini o‘rganish, shuningdek, boshqa davlat fuqarolarini O‘zbekistonning an’ana va urf-odatlari bilan tanishtirish muhimligiga e’tibor qaratildi.
© Posolstvo Uzbekistana v MoskveV Posolstve Uzbekistana proveden otkritiy dialog so studentami, obuchayushimisya v rossiyskix vuzax
V Posolstve Uzbekistana proveden otkritiy dialog so studentami, obuchayushimisya v rossiyskix vuzax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2025
V Posolstve Uzbekistana proveden otkritiy dialog so studentami, obuchayushimisya v rossiyskix vuzax
Tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari uchun dasturxon yozilib, palov tarqatildi.
Na mejdunarodnoy konferensii v Namangane podpisano bolee 15 dokumentov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2025
O‘zbekiston va Rossiya OTMlari hamkorligi: 15 tadan ziyod hujjat imzolandi
Yangiliklar lentasi
0