O‘zbekiston va Rossiya OTMlari hamkorligi: 15 tadan ziyod hujjat imzolandi
12:15 23.05.2025 (yangilandi: 12:19 23.05.2025)
© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiyNa mejdunarodnoy konferensii v Namangane podpisano bolee 15 dokumentov

© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy
Obuna bo‘lish
Namangan davlat universitetida O‘zbekiston va Rossiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining hududlararo konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Namanganda o‘tkazilayotgan O‘zbekiston va Rossiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining hududlararo konferensiyasida 15 tadan ziyod hujjat imzolandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
22-23 may kunlari Namangan davlat universitetida O‘zbekiston va Rossiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining hududlararo konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiyNa mejdunarodnoy konferensii v Namangane podpisano bolee 15 dokumentov

Na mejdunarodnoy konferensii v Namangane podpisano bolee 15 dokumentov
© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy
Ushbu anjuman ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, uni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan. Konferensiya doirasida ikki davlatning oliy ta’lim tizimi vakillari, vazirlik va idoralar rahbarlari, yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda ilmiy markazlar mutasaddilari ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, oxirgi yillarda amalga oshirilgan qo‘shma loyihalar, hukumatlararo kelishuvlar va muntazam muloqotlar ikki tomonlama hamkorlikning samarali modeliga aylangan. Bugungi kunda O‘zbekistondagi Rossiya oliy ta’lim muassasalari filiallarida 10 mingga yaqin talabalar tahsil olmoqda, ularga mingga yaqin o‘zbek va rossiyalik professor-o‘qituvchilar birgalikda dars bermoqda.
© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiyNa mejdunarodnoy konferensii v Namangane podpisano bolee 15 dokumentov

Na mejdunarodnoy konferensii v Namangane podpisano bolee 15 dokumentov
© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy
Yaqin kunlarda Toshkentda N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetining filiali faoliyat boshlashi rejalashtirilgan bo‘lib, u ushbu nufuzli OTMning xorijdagi ilk filialiga aylanadi. Shuningdek, Rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilot ham O‘zbekistonda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish arafasida turibdi.
Konferensiya doirasida quyidagi muhim tadbirlar o‘tkazildi:
Hukumatlararo iqtisodiy hamkorlik komissiyasining Fan va ta’lim bo‘yicha quyi komissiyasi yig‘ilishi;
ikki tomonlama uchrashuvlar va tematik muhokamalar;
pedagogik kadrlar tayyorlash, o‘rta maxsus ta’lim tizimi va ilg‘or muhandislik maktablarini tashkil etish mavzularida davra suhbatlari;
til va madaniyatning ta’lim va jamiyatdagi roliga bag‘ishlangan panel muhokamalari.
© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiyNa mejdunarodnoy konferensii v Namangane podpisano bolee 15 dokumentov

Na mejdunarodnoy konferensii v Namangane podpisano bolee 15 dokumentov
© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha 15 tadan ortiq ikki tomonlama kelishuv va memorandum imzolanib, rasmiy qabul marosimi hamda madaniy dastur tashkil etildi.
Bugun ishtirokchilar uchun O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi bilan tanishuv sayohati uyushtirilmoqda.