https://oz.sputniknews.uz/20250606/evroosiyo-yuragiga-sayohat-putin-49753315.html
“Yevroosiyo yuragiga sayohat” xalq diplomatiyasi namunasi — Putin
“Yevroosiyo yuragiga sayohat” xalq diplomatiyasi namunasi — Putin
Sputnik O‘zbekiston
Beshta do‘st davlat – Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston vakillari ishtirok etadigan “Yevroosiyo yuragiga sayohat” xalqaro ekspeditsiyasi xalq diplomatiyasining ajoyib namunasidir. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ekspeditsiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida aytib o‘tdi.Putinning murojaatini “Yevroosiyo yuragiga sayohat”ning ochilish marosimida Rossiya TIV MDH mamlakatlari uchinchi departamenti direktori Aleksandr Sternik o‘qib eshittirdi.
2025-06-06T17:06+0500
2025-06-06T17:06+0500
2025-06-06T17:06+0500
rossiya
qozog‘iston
qirg‘iziston
tojikiston
o‘zbekiston
vladimir putin
turizm
tabrik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/06/49752239_12:0:837:464_1920x0_80_0_0_c18e713c7ae9412ac610f0a56f54753c.jpg
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Beshta do‘st davlat – Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston vakillari ishtirok etadigan “Yevroosiyo yuragiga sayohat” xalqaro ekspeditsiyasi xalq diplomatiyasining ajoyib namunasidir. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ekspeditsiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida aytib o‘tdi.Putinning murojaatini “Yevroosiyo yuragiga sayohat”ning ochilish marosimida Rossiya TIV MDH mamlakatlari uchinchi departamenti direktori Aleksandr Sternik o‘qib eshittirdi.Putinga ko‘ra, “Yevroosiyo yuragiga sayohat” xalq diplomatiyasining ajoyib namunasidir. Ekspeditsiya xalqlarning umumiy tarixidagi eng muhim voqea – Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi nishonlanadigan yilda o‘tkazilayotgani ramziy ma’noga ega.Sayohatning barcha bosqichlarida ilmiy seminarlar, taqdimotlar, biznes-forumlar, ommaviy uchrashuvlar o‘tkaziladi. Yo‘nalishning yakuniy manzili – Dushanbega yetib borgach, ekspeditsiya a’zolari birinchi Markaziy Osiyo xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etadilar.So‘z yakunida Putin ekspeditsiyani tayyorlashga hissa qo‘shgan barchaga minnatdorlik bildirib, uning ishtirokchilariga xavfsiz sayohat va yorqin, unutilmas taassurotlar tiladi.“Yevroosiyo yuragiga sayohat” xalqaro tashabbusi Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston hamfikrligida paydo bo‘lgan. Uning ishtirokchilari 50 kun ichida 5 ta davlat va 30 dan ortiq shaharlarga tashrif buyurib, ularda biznes-forumlar, ilmiy sessiyalar, madaniy va media tadbirlar o‘tkazishadi. Maqsad - yangi gorizontal aloqalarni shakllantirish, umumiy tarixiy-madaniy makonni mustahkamlash va Markaziy Osiyoda barqaror hamkorlik platformasini yaratishdir.
https://oz.sputniknews.uz/20250429/ozbekiston-evrosiyo-sayohat-49092307.html
qozog‘iston
qirg‘iziston
tojikiston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/06/49752239_115:0:734:464_1920x0_80_0_0_1c0b638ba64f2ee6e7f8b97f43b2234e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“yevroosiyo yuragiga sayohat” putin
“yevroosiyo yuragiga sayohat” putin
“Yevroosiyo yuragiga sayohat” xalq diplomatiyasi namunasi — Putin
Xalqaro ekspeditsiya ishtirokchilari 8000 kmdan ortiq masofani bosib o‘tadi va besh mamlakatning 30 dan ortiq shaharlariga tashrif buyuradi.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Beshta do‘st davlat – Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston vakillari ishtirok etadigan “Yevroosiyo yuragiga sayohat” xalqaro ekspeditsiyasi xalq diplomatiyasining ajoyib namunasidir. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ekspeditsiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida
aytib o‘tdi. Putinning murojaatini “Yevroosiyo yuragiga sayohat”ning ochilish marosimida Rossiya TIV MDH mamlakatlari uchinchi departamenti direktori Aleksandr Sternik o‘qib eshittirdi.
“Yevroosiyo yuragiga sayohat” xalqaro ekspeditsiyasi yo‘lga chiqmoqda. Ushbu keng ko‘lamli loyihani amalga oshirishda besh do‘st davlatdan: Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan olimlar, madaniyat arboblari, ishbilarmonlik va yoshlar harakati vakillari ishtirok etmoqda”, - deyiladi Rossiya prezidenti tabriknomasida.
Putinga ko‘ra, “Yevroosiyo yuragiga sayohat” xalq diplomatiyasining ajoyib namunasidir. Ekspeditsiya xalqlarning umumiy tarixidagi eng muhim voqea – Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi nishonlanadigan yilda o‘tkazilayotgani ramziy ma’noga ega.
Sayohatning barcha bosqichlarida ilmiy seminarlar, taqdimotlar, biznes-forumlar, ommaviy uchrashuvlar o‘tkaziladi. Yo‘nalishning yakuniy manzili – Dushanbega yetib borgach, ekspeditsiya a’zolari birinchi Markaziy Osiyo xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etadilar.
“Ishonchim komilki, bunday qo‘shma tashabbus ota-bobolarimizga dunyoni fashistlar qulligidan qutqarishda yordam bergan do‘stlik va o‘zaro yordamning ezgu an’analarini saqlash va mustahkamlashga va, albatta, iqtisodiy, gumanitar va boshqa sohalardagi konstruktiv hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi”, — dedi Putin.
So‘z yakunida Putin ekspeditsiyani tayyorlashga hissa qo‘shgan barchaga minnatdorlik bildirib, uning ishtirokchilariga xavfsiz sayohat va yorqin, unutilmas taassurotlar tiladi.
“Yevroosiyo yuragiga sayohat” xalqaro tashabbusi Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston hamfikrligida paydo bo‘lgan. Uning ishtirokchilari 50 kun ichida 5 ta davlat va 30 dan ortiq shaharlarga tashrif buyurib, ularda biznes-forumlar, ilmiy sessiyalar, madaniy va media tadbirlar o‘tkazishadi. Maqsad - yangi gorizontal aloqalarni shakllantirish, umumiy tarixiy-madaniy makonni mustahkamlash va Markaziy Osiyoda barqaror hamkorlik platformasini yaratishdir.