https://oz.sputniknews.uz/20250429/ozbekiston-evrosiyo-sayohat-49092307.html
O‘zbekiston “Yevroosiyo yuragiga sayohat” xalqaro ekspeditsiyasida ishtirok etadi
O‘zbekiston “Yevroosiyo yuragiga sayohat” xalqaro ekspeditsiyasida ishtirok etadi
Sputnik O‘zbekiston
Ekspeditsiyasiyada Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan 100 dan ortiq kishi qatnashadi. 29.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-29T17:08+0500
2025-04-29T17:08+0500
2025-04-29T17:08+0500
innoprom — 2025
turizm
o‘zbekiston
markaziy osiyo
rossiya
toshkent
buxoro viloyati
samarqand
biznes
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/0e/48881476_0:161:3070:1888_1920x0_80_0_0_8eb3a8d6362272d69a0b7d39c4f0c846.jpg
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. “Yevroosiyo yuragiga sayohat” xalqaro ekspeditsiyasi 6-iyun kuni boshlanadi. Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan "INNOPROM. Markaziy Osiyo" beshinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Rossiya-Tojikiston ishbilarmonlar kengashi raisi Islom Nazaraliyev O‘zbekiston-Rossiya va Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida ma’lum qilishicha, katta hajmdagi loyiha Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtiradi.Unda Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan 100 nafardan ortiq kishi qatnashadi. Ishtirokchilar 50 kun davomida 30 tadan ortiq shaharga tashrif buyurib, ularda ilmiy sessiyalar, biznes-forumlar, madaniy tadbirlar va ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazadi.Ekspeditsiyaning tantanali qismi Moskvada boshlanadi.Ekspeditsiya ikki bosqichda o‘tkaziladi:Ekspeditsiya 26-iyul kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan birinchi Markaziy Osiyo xalqaro iqtisodiy forumida yakunlanadi.Ekspeditsiya 30 ta mashinali kortejdan iborat bo‘ladi. Ishtirokchilar orasida blogerlar, biznes, ilmiy va ta’lim hamjamiyatlari, ommaviy axborot vositalari vakillari bo‘ladi.O‘zbekistondagi biznes dasturiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha forsayt-sessiyalar kiritiladi: davlat tizimlarini raqamlashtirish, sun’iy intelekt, ma’lumotlarni qayta ishlash markazi, tadbirkorlar uchun seminarlar, shuningdek, Samarqandda quyosh elektr stansiyasiga tashrif rejalashtirilgan.“Yevroosiyo yuragiga sayohat” xalqaro tashabbus bo‘lib, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistondagi hamfikrlar hamjamiyatlari o‘rtasida tashkil etilgan.
o‘zbekiston
buxoro viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/0e/48881476_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_aa8b4bbde7c6de98e7fc7d2717558eb1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, o‘zbekiston, markaziy osiyo, rossiya, toshkent, buxoro viloyati, samarqand, biznes
turizm, o‘zbekiston, markaziy osiyo, rossiya, toshkent, buxoro viloyati, samarqand, biznes
O‘zbekiston “Yevroosiyo yuragiga sayohat” xalqaro ekspeditsiyasida ishtirok etadi
Eksklyuziv
Ekspeditsiyasiyada Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan 100 dan ortiq kishi qatnashadi.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. “Yevroosiyo yuragiga sayohat” xalqaro ekspeditsiyasi 6-iyun kuni boshlanadi. Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan "INNOPROM. Markaziy Osiyo" beshinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ma’lum qilindi, deya xabar berdi
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Rossiya-Tojikiston ishbilarmonlar kengashi raisi Islom Nazaraliyev O‘zbekiston-Rossiya va Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida ma’lum qilishicha, katta hajmdagi loyiha Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtiradi.
Unda Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan 100 nafardan ortiq kishi qatnashadi. Ishtirokchilar 50 kun davomida 30 tadan ortiq shaharga tashrif buyurib, ularda ilmiy sessiyalar, biznes-forumlar, madaniy tadbirlar va ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazadi.
Ekspeditsiyaning tantanali qismi Moskvada boshlanadi.
Ekspeditsiya ikki bosqichda o‘tkaziladi:
Rossiya bosqichi (2200 km): Moskva-Vladimir-Nijniy Novgorod-Cheboksari-Qozon-Naberejnie Chelni-Ufa-Orenburg;
Markaziy Osiyo bosqichi (Do‘stlik karvoni, 5800 km): Oqtov-Boyqo‘ng‘ir-Qizilo‘rda-Turkiston-Chimkent-Toshkent-Taraz-Bishkek-Olmaota-Qorako‘l-Jalolobod-O‘sh-Namangan-Xo‘jand-Samarqand-Buxoro-Dushanbe.
Ekspeditsiya 26-iyul kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan birinchi Markaziy Osiyo xalqaro iqtisodiy forumida yakunlanadi.
Ekspeditsiya 30 ta mashinali kortejdan iborat bo‘ladi. Ishtirokchilar orasida blogerlar, biznes, ilmiy va ta’lim hamjamiyatlari, ommaviy axborot vositalari vakillari bo‘ladi.
O‘zbekistondagi biznes dasturiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha forsayt-sessiyalar kiritiladi: davlat tizimlarini raqamlashtirish, sun’iy intelekt, ma’lumotlarni qayta ishlash markazi, tadbirkorlar uchun seminarlar, shuningdek, Samarqandda quyosh elektr stansiyasiga tashrif rejalashtirilgan.
“Yevroosiyo yuragiga sayohat” xalqaro tashabbus bo‘lib, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistondagi hamfikrlar hamjamiyatlari o‘rtasida tashkil etilgan.