Rostov viloyatidagi institut O‘zbekiston bilan ilmiy tadqiqot olib borishni taklif qildi

© Getty Images Russia Jenskoe rukopojatie
Jenskoe rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bosh konsulxonasi diplomatlari Rostov viloyatidagi Jamiyatshunoslik va mintaqashunoslik instituti direktori bilan uchrashdi.
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Rostov viloyatidagi Jamiyatshunoslik va mintaqashunoslik instituti O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi, deb yozmoqda “Dunyo”AA.
O‘zbekiston bosh konsulxonasi diplomatlari Rostov viloyati Janubiy federal universitetining Jamiyatshunoslik va mintaqashunoslik instituti direktori Andrey Bedrik bilan uchrashdi. Unda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari orasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
“Rossiya vakili O‘zbekistondagi tadqiqot markazlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish istagini bildirdi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, ma’naviy-ma’rifiy, o‘zbek xalqining buyuk ajdodlari merosi va Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tadbirlarni birgalikda tashkil etish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.
Ma’lumot uchun, Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubev boshchiligidagi delegatsiya 2024-yil sentabr oyida O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Unda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Rostov viloyati Janubiy federal universiteti rektorlari tomonidan aspirant va doktorantlarga birgalikda ilmiy rahbarlik qilish to‘g‘risidagi kelishuv imzolangan.
Yangiliklar lentasi
0