TOShKENT, 15-may — Sputnik. Qozon shahrida ish boshlagan “Rossiya – Islom olami: KazanForum" 2025” XVI xalqaro iqtisodiy forumining birinchi kunida 19 ta hamkorlik shartnomasi imzolandi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Birinchi kun davomida 46 ta biznes-dastur sessiyalari o‘tkazildi. Kun yakuniga qadar 19 ta shartnoma imzolandi.Qozon agrosanoat parki hududida bo‘lib o‘tgan "KAZAN HALAL MARKET" xalqaro savdo yarmarkasining rasmiy ochilishida Tatariston raisi Rustam Minnixanov ishtirok etdi.Forum doirasida “RUSSIA HALAL EXPO” xalqaro ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda O‘zbekiston, Turkmaniston, Turkiya, Marokash, BAA, Eron, Ozarbayjon, Bahrayn, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Senegal kabi 12 ta davlatdan 54 ta stend o‘rin olgan, Rossiyaning 11 ta hududidan stendlar mavjud.Forumda O‘zbekistondan ishtirok etayotgan "Rizq Agro Group” rahbari Shahboz O‘rinboyevning so‘zlariga ko‘ra, Ko‘rgazmadagi maqsad — nafaqat Rossiyada, balki Islom olamida ham yangi mijozlar topishdan iborat.Shuningdek “International Property Market” ko‘chmas mulk ko‘rgazma ochilgan.Qolaversa, forum doirasida O‘mon, Pokiston, Tojikiston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Ozarbayjon va Qirg‘iziston jamoalari ishtirok etayotgan futbol bo‘yicha “Sharq kubogi” bolalar turniri ham boshlandi. Ishbilarmonlik dasturining sport sessiyasi yakunlari bo‘yicha “Rubin” futbol klubi va IHT davlatlarining futbol klublari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.Birinchi kun "Modest Fashion Day" festivali bilan yakunlandi. Unda 7 ta mamlakatdan 8 nafar dizayner o‘z kolleksiyalarini omma bilan o‘rtoqlashdi.
Birinchi kun davomida 46 ta biznes-dastur sessiyalari o‘tkazildi.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. Qozon shahrida ish boshlagan “Rossiya – Islom olami: KazanForum" 2025” XVI xalqaro iqtisodiy forumining birinchi kunida 19 ta hamkorlik shartnomasi imzolandi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Birinchi kun davomida 46 ta biznes-dastur sessiyalari o‘tkazildi. Kun yakuniga qadar 19 ta shartnoma imzolandi.
Qozon agrosanoat parki hududida bo‘lib o‘tgan "KAZAN HALAL MARKET" xalqaro savdo yarmarkasining rasmiy ochilishida Tatariston raisi Rustam Minnixanov ishtirok etdi.
Forum doirasida “RUSSIA HALAL EXPO” xalqaro ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda O‘zbekiston, Turkmaniston, Turkiya, Marokash, BAA, Eron, Ozarbayjon, Bahrayn, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Senegal kabi 12 ta davlatdan 54 ta stend o‘rin olgan, Rossiyaning 11 ta hududidan stendlar mavjud.
Forumda O‘zbekistondan ishtirok etayotgan "Rizq Agro Group” rahbari Shahboz O‘rinboyevning so‘zlariga ko‘ra, Ko‘rgazmadagi maqsad — nafaqat Rossiyada, balki Islom olamida ham yangi mijozlar topishdan iborat.
“Chunki biz O‘zbekistonning meva-sabzavot mahsulotlarini nafaqat yangi yoki quritilgan holda, balki sublimatsiya qilingan va muzlatilgan ko‘rinishlarda ham taklif etamiz va sotamiz. Tataristonning o‘zida ham katta qiziqish bilan kelishdi. O‘ylaymanki, ular bilan ham shartnoma tuzamiz”, — dedi u.
Shuningdek “International Property Market” ko‘chmas mulk ko‘rgazma ochilgan.
Qolaversa, forum doirasida O‘mon, Pokiston, Tojikiston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Ozarbayjon va Qirg‘iziston jamoalari ishtirok etayotgan futbol bo‘yicha “Sharq kubogi” bolalar turniri ham boshlandi. Ishbilarmonlik dasturining sport sessiyasi yakunlari bo‘yicha “Rubin” futbol klubi va IHT davlatlarining futbol klublari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Birinchi kun "Modest Fashion Day" festivali bilan yakunlandi. Unda 7 ta mamlakatdan 8 nafar dizayner o‘z kolleksiyalarini omma bilan o‘rtoqlashdi.