O‘zbekiston “Rossiya – Islom olami: KazanForum” iqtisodiy forumida ishtirok etmoqda

© RIA Novosti / Maksim BogodvidKAZANFORUM 2025
KAZANFORUM 2025 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2025
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Forum doirasida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti va Tatariston Fanlar akademiyasi o‘rtasida shartnoma imzolanadi.
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Bugun Tatariston poytaxtida “Rossiya – Islom olami: KazanForum” xalqaro iqtisodiy forumi ish boshladi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Qozon shahrida 103 ta davlat vakillari ro‘yxatdan o‘tgan “Rossiya – Islom olami: KazanForum” xalqaro iqtisodiy forumi ochildi. Bu yilgi asosiy mavzu - raqamlashtirish, yangi voqelik.
Forum doirasida Qozon agrosanoat parki hududida mamlakatdagi eng yirik halol yarmarkasi – “Kazan Halal Marke”ning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Rossiyaning 16 ta mintaqasi va 9 ta xorijiy davlatdan 150 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, 2025-yilda forum o‘zining asosiy vazifasini saqlab qoladi: Rossiya va islom dunyosi mamlakatlari o‘rtasidagi muloqot va amaliy hamkorlik uchun barqaror platforma bo‘lish.
O‘zbekiston forumda 4 ta sanoat mahsulotlari: qurilish, oziq-ovqat, to‘qimachilik va elektrotexnika sanoati mahsulotlarini namoyish etmoqda. Ma’lum qilinishicha, forum doirasida Tatariston Fanlar akademiyasi va O‘zbekistonning Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti bilan shartnoma imzolanadi.
Yalpi majlis 16-may kuni bo‘lib o‘tadi va “Raqamlashtirish: yangi voqelik va hamkorlikni kengaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar” mavzusiga bag‘ishlanadi, chunki bugungi kunda raqamlashtirish hayotning barcha sohalariga – moliya va ko‘chmas mulkdan tortib madaniyatgacha sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.
Yangiliklar lentasi
0