Hindiston va Pokiston o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi — Tramp

© AP Photo / Ben CurtisPrezident Donald Tramp
Prezident Donald Tramp  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2025
Obuna bo‘lish
Hindiston va Pokiston o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lganini e’lon qilayotganimdan mamnunman, deb yozdi Amerika rahbari.
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Hindiston va Pokiston rasmiylari Vashington bilan muzokaralardan so‘ng o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi, dedi Oq uy rahbari Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
“AQSh vositachi bo‘lgan uzoq tungi muzokaralardan so‘ng Hindiston va Pokiston to‘liq va zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lganini e’lon qilayotganimdan mamnunman”, — deb yozadi Amerika rahbari.
Pokiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ishoq Dar tomonlar zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganini tasdiqladi. Hindiston tashqi ishlar vazirligining aniqlik kiritishicha, u shanba kuni soat 17:00 da (Toshkent vaqti bilan 16:30) boshlangan.
O‘z navbatida, AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Islomobod va Nyu-Dehli betaraf hududda keng ko‘lamli masalalar bo‘yicha muzokaralarni boshlashga kelishib olganini aytdi.

Mojaroning kuchayishi

22 aprel kuni Hindistonning Jammu va Kashmir hududidagi Pahalgam shahri yaqinida sodir etilgan terrorchilar hujumidan so‘ng ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyat kuchaydi. Terakt oqibatida 25 hindistonlik va bir Nepal fuqarosi halok bo‘ldi. Nyu-Dehli hujumga Pokistonning idoralararo razvedkasi aloqadorligi haqida dalillar borligini aytdi.
7 mayga o‘tar kechasi Hindiston Mudofaa vazirligi Pahalgamdagi teraktga javoban Pokiston hududidagi “terrorchilik infratuzilmasi”ga zarba berib, “Sindur” operatsiyasini o‘tkazganini ma’lum qildi. Idoraning aniqlik kiritishicha, operatsiya davomida qo‘shni davlatning birorta ham harbiy obyektiga hujum qilinmagan.
Pokiston rasmiylari, o‘z navbatida, Hindiston beshta aholi punktiga hujum qilgani, natijada kamida 31 kishi halok bo‘lgani va 57 kishi yaralanganini da’vo qildi.
Shanba kuni Geo telekanali Islomobod Nyu-Dehliga qarshi keng ko‘lamli harbiy operatsiya boshlagani haqida xabar berdi. Ko‘p o‘tmay, Hindiston Qurolli kuchlari dronlar, uzoq masofaga uchuvchi qurollar, o‘q-dorilar va qiruvchilar yordamida hujumni qaytarganliklari, shuningdek, Pokistondagi terrorchilarni tayyorlash joylariga zarbalar berganliklari haqida xabar berishdi.
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2025
O‘zbekiston Hindiston va Pokistonni diplomatik muloqotga ahamiyat berishga chaqirdi
Yangiliklar lentasi
0