O‘zbekiston Hindiston va Pokistonni diplomatik muloqotga ahamiyat berishga chaqirdi

© Sputnik / Pavel LisisinFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Hindiston va Pokiston o‘rtasida keskinlashib borayotgan holatga munosabat bildirdi.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. O‘zbekiston tomoni Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlashib borayotgan holatning rivojlanishini xavotir bilan kuzatmoqda, deya xabar berdi mamlakat tashqi ishlar vazirligi.
Vazirlik bayonotida Hindiston va Pokiston diplomatik muloqotga ustuvor ahamiyat berishga chaqirilgan.
“O‘zbekiston tomoni Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlashib borayotgan holatning rivojlanishini xavotir bilan kuzatmoqda. Ikkala tomonni vazminlik ko‘rsatishga, tinchlik va barqarorlik manfaatlari asosida harakat qilishga, vaziyatning yanada yomonlashishini oldini olish uchun diplomatik muloqotga ustuvor ahamiyat berishga chaqiramiz”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, O‘zbekiston vaziyatni deyeskalatsiya qilish va tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan har qanday xalqaro yoki mintaqaviy harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi qayd etilgan.
Yangiliklar lentasi
0