https://oz.sputniknews.uz/20250508/jizzax-kichik-quvvat-aes-sxema-49247750.html
Jizzax viloyatida kichik quvvatli AESni joylashtirish sxemasi tasdiqlandi
Jizzax viloyatida kichik quvvatli AESni joylashtirish sxemasi tasdiqlandi
Sputnik O‘zbekiston
“Rosatom” ishtirokida quriladigan AESni joylashtirish sxemasi tasdiqlandi. 08.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-08T11:02+0500
2025-05-08T11:02+0500
2025-05-08T11:02+0500
jamiyat
o‘zbekiston
jizzax
aes
rossiya
rosatom
atom energetikasi
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi
atom energetikasini rivojlantirish agentligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/08/49247133_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_e9aca64303e1fe5128470cdbb035ddd5.jpg
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Jizzax viloyati Forish tumanida kichik quvvatli atom stansiyasini joylashtirish sxemasi tasdiqlandi, deya xabar berdi “Uzatom”agentligi. Qayd etilishicha, Energetika xavfsizligi masalalari bo‘yicha prezident maslahatchisi Alisher Sultonov raisligida kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlangan operativ shtab va ilmiy-texnik kengashning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda loyihaning asosiy jihatlari muhokama qilindi va keyingi aniq qadamlar belgilandi. Yig‘ilish doirasida “Atomstroeksport” AJ bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilayotgan ishlarning joriy holati aks ettirilgan taqdimot namoyish etildi. Ilmiy-texnik kengash tanlangan maydonda o‘tkazilgan muhandislik tadqiqotlari natijalarini ko‘rib chiqdi. Aytilishicha, bu natijalar loyiha hujjatlari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi va obyektning yuqori xavfsizlik darajasini ta’minlaydi. Bundan tashqari, O‘zbekistonning tabiiy uran resurslaridan yadro yoqilg‘isi ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyati muhokama qilindi. Stansiya joylashadigan maydonda tabiiy muhit komponentlari bo‘yicha uzluksiz kuzatuvlar davom ettirilmoqda, jumladan, seysmik monitoring, aerometeorologik, gidrogeologik va gidrologik tadqiqotlar olib borilmoqda. Yig‘ilish barcha ishtirokchilarning kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirishga tayyorligini tasdiqladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250418/kam-quvvatli-aes-48943750.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/08/49247133_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_02ab0470c98c8be5a6bee97c27c81b75.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, jizzax, aes, rossiya, rosatom, atom energetikasi, o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi, atom energetikasini rivojlantirish agentligi
jamiyat, o‘zbekiston, jizzax, aes, rossiya, rosatom, atom energetikasi, o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi, atom energetikasini rivojlantirish agentligi
Jizzax viloyatida kichik quvvatli AESni joylashtirish sxemasi tasdiqlandi
“Rosatom” ishtirokida quriladigan AESni joylashtirish sxemasi tasdiqlandi.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Jizzax viloyati Forish tumanida kichik quvvatli atom stansiyasini joylashtirish sxemasi tasdiqlandi, deya xabar berdi
“Uzatom”agentligi. Qayd etilishicha, Energetika xavfsizligi masalalari bo‘yicha prezident maslahatchisi Alisher Sultonov raisligida kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlangan operativ shtab va ilmiy-texnik kengashning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda loyihaning asosiy jihatlari muhokama qilindi va keyingi aniq qadamlar belgilandi.
Yig‘ilish doirasida “Atomstroeksport” AJ bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilayotgan ishlarning joriy holati aks ettirilgan taqdimot namoyish etildi.
Ilmiy-texnik kengash tanlangan maydonda o‘tkazilgan muhandislik tadqiqotlari natijalarini ko‘rib chiqdi. Aytilishicha, bu natijalar loyiha hujjatlari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi va obyektning yuqori xavfsizlik darajasini ta’minlaydi.
“Yig‘ilish davomida Jizzax viloyati Forish tumanida kichik quvvatli atom stansiyasini joylashtirish sxemasi tasdiqlandi, bu loyihani mintaqaviy ehtiyojlarga moslashtirish va elektr energiyasi ishlab chiqarishni optimallashtirish imkonini beradi”, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, O‘zbekistonning tabiiy uran resurslaridan yadro yoqilg‘isi ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyati muhokama qilindi.
Stansiya joylashadigan maydonda tabiiy muhit komponentlari bo‘yicha uzluksiz kuzatuvlar davom ettirilmoqda, jumladan, seysmik monitoring, aerometeorologik, gidrogeologik va gidrologik tadqiqotlar olib borilmoqda.
Yig‘ilish barcha ishtirokchilarning kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirishga tayyorligini tasdiqladi.