Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Kam quvvatli AES qurish loyihasi qanday amalga oshirilmoqda

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
"Rosatom" O‘zbekistonda 330 MVt quvvatga ega kichik atom elektr stansiyasini qurmoqda. Qurilishni yakunlash 2030-yillarda rejalashtirilgan.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘tgan yilning may oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Toshkentga tashrifi davomida O‘zbekistonda kam quvvatli AES qurish haqida kelishib olingan edi.
“O‘zatom” agentligi huzuridagi AES qurilish direksiyasi direktori o‘rinbosari Otabek Amanov Sputnik matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida AES qurilish jarayoni qanday ketayotganini aytib berdi.
"Hozirgi kunda tanlangan AES qurilish maydonchasida injener-qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda. Kuni kecha AES qurish bo‘yicha qurilish-montaj bazasini barpo etish bo‘yicha ishlar boshlandi. Undan tashqari loyihalashtirish ishlari davom etmoqda. Bunda AES joylashuvi va uni barpo etish bo‘yicha litsenziyalar olishni nazarda tutadi. Bu ishlar AESni o‘z vaqtida ishga tushirishga katta ta’sir ko‘rsatadi", - deydi mutaxassis.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda respublikada qazib olingan urandan atom elektr stansiyalari uchun yoqilg‘i xomashosi sifatida foydalanishga kelishib olingan.
Shuningdek, Jizzax viloyatidagi atom elektr stansiyasi qurilishiga O‘zbekiston kompaniyalari ham jalb etiladi. Ular sement, armatura, metall konstruksiyalar va elektr kabel mahsulotlari yetkazib berish bilan shug‘ullanadi, deya tushuntirdi Amanov.
O‘zbekiston uran rudasi zaxiralari bo‘yicha dunyoda 10-o‘rinda, qazib olish hajmi bo‘yicha esa 5-o‘rinda turadi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan uran mamlakatda ishlatilmaydi va eksport qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0