https://oz.sputniknews.uz/20250502/ozbekiston-moskva-avtomatik-meteorologiya-stantsiya-49117690.html
O‘zbekistonda Moskva avtomatik meteorologiya stansiyasini sinovdan o‘tkazish boshlanadi
O‘zbekistonda Moskva avtomatik meteorologiya stansiyasini sinovdan o‘tkazish boshlanadi
Sputnik O‘zbekiston
Shu yil O‘zbekistonda Moskva avtomatik meteorologiya stansiyasini sinovdan o‘tkazish boshlanadi. Bu haqda Moskva shahar investitsiya va sanoat siyosati boshqarmasi ma’lum qildi.Toshkentdagi “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida Moskva hukumati stendida “Minimaks-94” kompaniyasi va O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.
2025-05-02T11:58+0500
2025-05-02T11:58+0500
2025-05-02T12:51+0500
innoprom — 2025
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
moskva
ekologiya
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
ob-havo
innoprom xalqaro sanoat ko‘rgazmasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/02/49156497_0:38:3072:1766_1920x0_80_0_0_a662bdb3766c87cd2f27464a17560117.jpg
TOShKENT, 2-may — Sputnik. Shu yil O‘zbekistonda Moskva avtomatik meteorologiya stansiyasini sinovdan o‘tkazish boshlanadi. Bu haqda Moskva shahar investitsiya va sanoat siyosati boshqarmasi ma’lum qildi.Toshkentdagi “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida Moskva hukumati stendida “Minimaks-94” kompaniyasi va O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.Hujjat meteorologiyani avtomatlashtirilgan ta’minlash sohasida ilg‘or yechimlarni joriy etish, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarining iqlim o‘zgarishiga chidamliligini oshirish, Moskva va O‘zbekiston o‘rtasidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.Hujjatga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yildayoq Moskva avtomatik meteorologiya stansiyasini sinovdan o‘tkazish boshlanadi.Uskunalar ob-havo sharoitini kuzatish va yo‘l harakati xavfsizligini yaxshilash uchun ishlatiladi.Stansiya yo‘l qoplamasining holatini kuzatib boradi, namlik darajasini o‘lchaydi va asosiy meteorologik ko‘rsatkichlarni qayd etadi: havo harorati, yog‘ingarchilik, shamol tezligi va yo‘nalishi, ko‘rinish.Yig‘ilgan ma’lumotlar maxsus dasturiy ta’minotga o‘tkaziladi, u yerda sun’iy intellektga asoslangan patentlangan algoritmlar yordamida qayta ishlanadi.Tizim yuqori aniqlikdagi prognozlarni yaratadi - ular, ayniqsa, harorat keskin o‘zgarib turadigan va beqaror ob-havo sharoiti bo‘lgan hududlarda talabga ega.Qayd etilishicha, poytaxt mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqish maqsadida 2019-yilda “Mosprom” markazi tashkil etildi. U taklif qiladigan eng samarali yordam vositalaridan biri bu xaridor dasturidir. Bu Moskva kompaniyalariga B2B va B2G uchrashuvlari tashkil etiladigan xalqaro sanoat ko‘rgazmalari va biznes missiyalarida ishtirok etish imkoniyatini beradi.Davlat Moskva eksportchilariga ham faol yordam beradi. “Xalqaro hamkorlik va eksport” milliy loyihasi axborot, moliyaviy, sug‘urta va moddiy-texnik ta’minot bo‘yicha chora-tadbirlarning butun majmuasidir.Milliy loyiha doirasida “Mening eksportim” raqamli platformasi faoliyat yuritib, unda tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanmoqda. Masalan, u yerda bepul ekspert maslahati, tahliliy ma’lumotlar, xalqaro bozorlarda mahsulotlarni ilgari surishda yordam, shuningdek, onlayn darslardan o‘tish va boshqa ko‘p narsalarni olish mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20250322/havo-ozbekiston-maxsus-laboratoriyalar-48532729.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/02/49156497_225:0:2956:2048_1920x0_80_0_0_2bfc1a8a435d20a26afcdee8452234f4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston moskva avtomatik meteorologiya stansiya
o‘zbekiston moskva avtomatik meteorologiya stansiya
O‘zbekistonda Moskva avtomatik meteorologiya stansiyasini sinovdan o‘tkazish boshlanadi
11:58 02.05.2025 (yangilandi: 12:51 02.05.2025) O‘zbekistonda Moskvada ishlab chiqarilgan meteorologik asbob-uskunalar qo‘llaniladi.
TOShKENT, 2-may — Sputnik. Shu yil O‘zbekistonda Moskva avtomatik meteorologiya stansiyasini sinovdan o‘tkazish boshlanadi. Bu haqda Moskva shahar investitsiya va sanoat siyosati boshqarmasi ma’lum qildi.
Toshkentdagi “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida Moskva hukumati stendida “Minimaks-94” kompaniyasi va O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.
Hujjat meteorologiyani avtomatlashtirilgan ta’minlash sohasida ilg‘or yechimlarni joriy etish, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarining iqlim o‘zgarishiga chidamliligini oshirish, Moskva va O‘zbekiston o‘rtasidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
“Shahar Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekistondagi asosiy sheriklar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni tizimli ravishda rivojlantirmoqda. Moskva kompaniyasi va O‘zbekiston milliy meteorologiya xizmati o‘rtasidagi kelishuv texnologik yechimlar va sheriklik munosabatlarini barqaror rivojlantirishga yo‘naltirilgan amaliy hamkorlik namunasidir”, — dedi Moskva hukumati vaziri, Moskva shahri investitsiya va sanoat siyosati boshqarmasi boshlig‘i Anatoliy Garbuzov.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yildayoq Moskva avtomatik meteorologiya stansiyasini sinovdan o‘tkazish boshlanadi.
Uskunalar ob-havo sharoitini kuzatish va yo‘l harakati xavfsizligini yaxshilash uchun ishlatiladi.
Stansiya yo‘l qoplamasining holatini kuzatib boradi, namlik darajasini o‘lchaydi va asosiy meteorologik ko‘rsatkichlarni qayd etadi: havo harorati, yog‘ingarchilik, shamol tezligi va yo‘nalishi, ko‘rinish.
Yig‘ilgan ma’lumotlar maxsus dasturiy ta’minotga o‘tkaziladi, u yerda sun’iy intellektga asoslangan patentlangan algoritmlar yordamida qayta ishlanadi.
Tizim yuqori aniqlikdagi prognozlarni yaratadi - ular, ayniqsa, harorat keskin o‘zgarib turadigan va beqaror ob-havo sharoiti bo‘lgan hududlarda talabga ega.
Qayd etilishicha, poytaxt mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqish maqsadida 2019-yilda “Mosprom” markazi tashkil etildi. U taklif qiladigan eng samarali yordam vositalaridan biri bu xaridor dasturidir. Bu Moskva kompaniyalariga B2B va B2G uchrashuvlari tashkil etiladigan xalqaro sanoat ko‘rgazmalari va biznes missiyalarida ishtirok etish imkoniyatini beradi.
Davlat Moskva eksportchilariga ham faol yordam beradi. “Xalqaro hamkorlik va eksport” milliy loyihasi axborot, moliyaviy, sug‘urta va moddiy-texnik ta’minot bo‘yicha chora-tadbirlarning butun majmuasidir.
Milliy loyiha doirasida “Mening eksportim” raqamli platformasi faoliyat yuritib, unda tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanmoqda. Masalan, u yerda bepul ekspert maslahati, tahliliy ma’lumotlar, xalqaro bozorlarda mahsulotlarni ilgari surishda yordam, shuningdek, onlayn darslardan o‘tish va boshqa ko‘p narsalarni olish mumkin.