Havo nazorat ostida: O‘zbekistonda maxsus laboratoriyalar faoliyat ko‘rsatmoqda

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
So‘nggi besh yil ichida butun respublika bo‘ylab 21 ta avtomatlashtirilgan havo monitoringi stansiyalari o‘rnatildi. Toshkentda bugungi kunda 8 ta stansiya mavjud.
O‘zbekistonda havo sifati monitoringini modernizatsiya qilish 2021-yili boshlangan, shu yilda Zamin Fondi va O‘zgidromet "Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish" loyihasini ishga tushirgan.
O‘zgidromet mutaxassisi Marina Plotsenning so‘zlariga ko‘ra, ilgari havo ifloslanishini kuzatish 66 ta kuzatuv postida qo‘lda amalga oshirilardi. Hozirda monitoring 21 ta avtomatik stansiyada olib borilmoqda, ularning 8 tasi Toshkentning turli tumanlarida, jumladan, Yashnobad va Olmazor tumanlarida o‘rnatilgan.
“Endi biz avtomatik stansiyalardan har daqiqada ma’lumot olamiz, bu ma’lumotlar soat, kun yoki zaruriy davrga bog‘liq holda o‘rtacha hisoblanadi”, — deb ta’kidlaydi mutaxassis.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, bular shunchaki stansiyalar emas, balki to‘laqonli laboratoriyalar hisoblanadi. Ularda mutaxassis ishtiroki talab qilinmaydi.
“Avtomatik stansiyalardagi ma’lumotlar onlayn tarzda kelib tushadi, xodimlar stansiyalarga borishmaydi, barcha ma’lumotlar ish joyimizda maxsus dasturda bizga ko‘rsatiladi”, — deydi Marina Plotsen.
Bunday laboratoriyalar zamonaviy, yuqori aniqlikdagi gaz analizatorlari bilan jihozlangan.
Stansiyalardan olingan ma’lumotlar tegishli vazirlik va idoralarga, shu jumladan, Ekologiya vazirligiga yuboriladi.
Avtomatik stansiyalarning faoliyati, shuningdek, olingan ma’lumotlardan nimalarda foydalanish haqida batafsil videoda tanishing.
Yangiliklar lentasi
0