Innoprom. Logotip  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2025
INNOPROM — 2025
Toshkentda 28-30 aprel kunlari “INNOPROM.Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Shavkat Mirziyoyev INNOPROM ko‘rgazmasi doirasida kimlar bilan uchrashdi — foto

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana posetil mejdunarodnuyu vistavku "INNOPROM"
Prezident Uzbekistana posetil mejdunarodnuyu vistavku INNOPROM - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2025
Obuna bo‘lish
"Innoprom" forumi doirasida o‘zaro muvofiqlashgan yechimlarni ishlab chiqish muhimligi aytildi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda ish boshlagan "INNOPROM. Markaziy Osiyo" beshinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Tadbir doirasida O‘zbekiston prezidenti Rossiya hukumati raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yil may oyida Rossiya prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunida erishilgan kelishuv va bitimlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana posetil mejdunarodnuyu vistavku "INNOPROM"
Prezident Uzbekistana posetil mejdunarodnuyu vistavku INNOPROM - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2025
Prezident Uzbekistana posetil mejdunarodnuyu vistavku "INNOPROM"

“Tovar ayirboshlashning o‘sish sur’ati saqlanib qolmoqda, ikki mamlakat hududlarini faol jalb etgan holda muhim kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, kooperatsiya loyihalari va dasturlarini ilgari surish, shu jumladan, "Innoprom" forumi doirasida o‘zaro muvofiqlashgan yechimlarni ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana posetil mejdunarodnuyu vistavku "INNOPROM"
Prezident Uzbekistana posetil mejdunarodnuyu vistavku INNOPROM - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2025
Prezident Uzbekistana posetil mejdunarodnuyu vistavku "INNOPROM"
Tatariston raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashuvda yetakchi korxonalarning sanoat kooperatsiyasini va faol gumanitar almashinuvni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Aytilishicha, jadal muloqotlarni davom ettirish, neft-gaz, kimyo, transport, turizm va boshqa sohalarda, shu jumladan, O‘zbekiston hududlaridagi sanoat zonalari doirasida qo‘shma loyihalarni ilgari surishga kelishib olindi.
"Rosatom" davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachov bilan suhbatda tinch atom sohasidagi hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani qayd etildi.
Qishloq xo‘jaligi va tibbiyotda yadro texnologiyalarini qo‘llash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, Toshkent shahridagi “MIFI” filiali negizida kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, davlat rahbari davra suhbatida ishtirok etdi. Unda ikki mamlakat hududlari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha aniq rejalarni taqdimot qilishdi.
Ko‘rgazma “Central Asian Expo Uzbekistan” majmuasida o‘tkazilmoqda. Ekspozitsiyaning umumiy maydoni 18 ming kvadrat metrdan ziyod. Unda Rossiya, Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlar, Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlardan 10 mingdan ortiq delegatlar ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazmada mashinasozlik, elektrotexnika, metallurgiya, kimyo sanoati, transport, qurilish, IT va boshqa tarmoqlardagi yetakchi korxonalarning texnologik yechimlari, zamonaviy uskunalari va tayyor sanoat mahsulotlari namoyish etilmoqda.
Pavilonlar va ekspozitsiyalarni ko‘zdan kechirish chog‘ida davlat rahbari iqtisodiy kooperatsiya uchun katta salohiyat va yangi biznes g‘oyalar ishlab chiqish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjudligini alohida ta’kidladi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Uzbekistana posetil mejdunarodnuyu vistavku INNOPROM - Sputnik O‘zbekiston
1/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Uzbekistana posetil mejdunarodnuyu vistavku INNOPROM - Sputnik O‘zbekiston
2/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Uzbekistana posetil mejdunarodnuyu vistavku INNOPROM - Sputnik O‘zbekiston
3/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Uzbekistana posetil mejdunarodnuyu vistavku INNOPROM - Sputnik O‘zbekiston
4/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Uzbekistana posetil mejdunarodnuyu vistavku INNOPROM - Sputnik O‘zbekiston
5/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Uzbekistana posetil mejdunarodnuyu vistavku INNOPROM - Sputnik O‘zbekiston
6/6
1/6
2/6
3/6
4/6
5/6
6/6
Forum yangi yirik loyihalarni ilgari surishga sur’at bag‘ishlashi, uzoq muddatli sheriklik aloqalarini rivojlantirish va hududlararo hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
Shavkat Mirziyoyev posetil vistavku Kazan Ekspo v Kazani. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2025
INNOPROM — 2025
Shavkat Mirziyoyev INNOPROM ko‘rgazmasi ekspozitsiyasiga yuqori baho berdi
Yangiliklar lentasi
0