Innoprom. Logotip  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2025
INNOPROM — 2025
Toshkentda 28-30 aprel kunlari “INNOPROM.Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Shavkat Mirziyoyev INNOPROM ko‘rgazmasi ekspozitsiyasiga yuqori baho berdi

Shavkat Mirziyoyev posetil vistavku "Kazan Ekspo" v Kazani.
Shavkat Mirziyoyev posetil vistavku Kazan Ekspo v Kazani. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2025
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ekspozitsiyasini ko‘zdan kechirdi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ekspozitsiyasiga yuqori baho berdi, deya xabar berdi tadbir tashkilotchilari.
“O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ekspozitsiyasini ko‘zdan kechirdi va unga yuqori baho berdi”, — deyiladi ko‘rgazma tashkilotchilarining Telegram-kanalidagi xabarida.
Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov O‘zbekiston rahbariga taqdim etilgan sanoat mahsulotlari namunalari haqida so‘zlab berdi.
Avvalroq prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov prezident Shavkat Mirziyoyev "INNOPROM. Markaziy Osiyo" V xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ochilishida ishtirok etishini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, prezident Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hududlarining I forumida ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, Toshkentda 28-30 aprel kunlari “INNOPROM.Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazma beshinchi bor energetika va metallurgiya, sanoatni avtomatlashtirish va IT-texnologiyalari, farmatsevtika, tibbiyot kompleksi va boshqa turli sohalarda faoliyat yurituvchi kompaniyalar uchun hamkorlik markaziga aylanishi kutilmoqda.
Xalqaro sanoat ko‘rgazmasining asosiy elementlaridan biri bozorning dolzarb ehtiyojlarini hisobga olgan holda shakllantirilgan hamda sanoat kooperatsiyasi va innovatsiyalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan keng ko‘lamli tadbirlarni o‘z ichiga olgan biznes-dastur hisoblanadi.
Dastur asosiy tendensiyalarni muhokama qilish, tajriba almashish va hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni topish uchun yetakchi ekspertlar, biznes va hukumat vakillarini birlashtiradi. U turli sohalarni qamrab oladi va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan.
Na mejdunarodnoy promishlennoy vistavke Innoprom-2024 v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2024
INNOPROM-2024
“Innoprom” va Toshkent xalqaro investitsiya forumi natijalari bo‘yicha hisobot berildi
Yangiliklar lentasi
0