Toshkentning Yashnobod tumanida okeanarium quriladi

© Press-slujba xokimiyata TashkentaV Tashkente otkrilsya okeanarium
V Tashkente otkrilsya okeanarium - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2025
Obuna bo‘lish
Okeanariumni Chirchiq darosi bo‘yidagi 20 gektar maydonda qurilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Toshkent shahrining Yashnobod tumanida okeanarium quriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi turizm va bunyodkorlik loyihalari taqdimotida ma’lum qilindi.
Taqdimotda Bo‘stonliqdagi “Chorvoq darvozasi” majmuasi haqida so‘z bordi.
Aytilishicha, majmuada 16 ta ko‘p qavatli uy, 3 ta mehmonxona, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari, kafe va restoranlar, bank ofisi, avtoturargoh bo‘ladi. Binolar tepasiga quyosh panellari o‘rnatiladi.
“Taqdimotda majmuaning keyingi bosqichlarini qurish, sayyohlar uchun jozibadorligini oshirish borasidagi ishlar haqida axborot berildi. Uni arzon va ekologik toza energiya bilan ta’minlash uchun Chirchiq darosida kichik gidro elektr stansiya barpo etish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi”, — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrining Yashnobod tumanida okeanarium quriladi.
Chirchiq darosi bo‘yida 20 gektarda mo‘ljallangan ushbu okeanarium sayyohlarni jalb etadigan yana bir maskan bo‘ladi. Yonida savdo-mehmonxona majmuasi ham qurilib, ularda jami 1 ming 600 ta ish o‘rni ochiladi.
Shuningdek, Yakkasaroy tumanida turar joy va ishbilarmonlik maskani barpo etish mo‘ljallangan. Unda ko‘p qavatli uylar, bog‘cha va maktablar, sport va sog‘lomlashtirish maskanlari, mehmonxona va savdo ofislari bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Prezident loyihalarning huquqiy, moliyaviy jihatlari hamda infratuzilma masalalarini har tomonlama o‘ylab, chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish zarurligini qayd etdi.
Toshkentda pingvinlar qanday yashamoqda? - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.01.2025
Toshkentda pingvinlar qanday yashamoqda?
Yangiliklar lentasi
0