https://oz.sputniknews.uz/20250103/toshkent-pingvinlar-47429822.html
Toshkentda pingvinlar qanday yashamoqda?
Toshkentda pingvinlar qanday yashamoqda?
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda pingvinlar qanday yashamoqda?
2025-01-03T19:14+0500
2025-01-03T19:14+0500
2025-01-03T20:14+0500
video
multimedia
o‘zbekiston
toshkent
pingvin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/1a/47312872_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_32ad993f0bd9f5ee24b2d1b5ea3b60b9.jpg
Ular birinchi kunlardanoq mehmonlarning sevimlilariga aylandi. Bolalar ham, kattalar ham ular bilan o‘ynashni yaxshi ko‘radilar.Pingvinlar uchun maxsus ko‘rgazma tayyorlandi. Havo va suv filtratsiyasiga alohida e’tibor qaratildi.Xuddi shu narsa suvga ham tegishli: uning harorati +18 daraja, tozaligi va shaffofligi kuniga 16 ta nazorat parametriga rioya qilish bilan ta’minlanadi.Sakkizta Afrika pingvini Malayziya okeanariumidan olib kelingan.Ta’kidlanishicha, yovvoyi tabiatda Afrika pingvinlari yo‘qolib ketish xavfi ostida, shuning uchun bu tur Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. Okeanarium sharoitida esa ular juda yaxshi ko‘payadi.To‘dada juftlik ham paydo bo‘lgan, ularni Qirol va Qirolicha deb atashadi.Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, akvarium yanada ko‘proq qushlar uchun mo‘ljallangan, shuning uchun u ko‘payishga tayyor.Pingvinlar joriy yilning avgust oyi oxirida olib kelingan, ular 4 oydan buyon akvariumda yashashmoqda va shu vaqt ichida bir nechta qushlar patlarini almashtirishdi. Bu esa, qushlarga yangi joy ancha qulay ekanligidan dalolat beradi.Batafsil videoda tomosha qiling.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/1a/47312872_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_a9273cbb48076d29f0633dc67d6372d4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
toshkent pingvinlar
Toshkentda pingvinlar qanday yashamoqda?
19:14 03.01.2025 (yangilandi: 20:14 03.01.2025) Eksklyuziv
Toshkent akvariumiga to‘rt oy avval bir guruh jajji pingvinlar keltirildi.
Ular birinchi kunlardanoq mehmonlarning sevimlilariga aylandi. Bolalar ham, kattalar ham ular bilan o‘ynashni yaxshi ko‘radilar.
Pingvinlar uchun maxsus ko‘rgazma tayyorlandi. Havo va suv filtratsiyasiga alohida e’tibor qaratildi.
“Pingvinlar uchun havo juda muhim. Ya’ni, bu akvarium ichidagi havo intensiv terapiya bo‘limidagi havo bilan taqqoslanadi. U tozalashning to‘rt bosqichidan o‘tadi. Har doim ma’lum haroratda +22 darajada bo‘ladi”, - dedi akvarium kuratori Sanjar Isabayev.
Xuddi shu narsa suvga ham tegishli: uning harorati +18 daraja, tozaligi va shaffofligi kuniga 16 ta nazorat parametriga rioya qilish bilan ta’minlanadi.
Sakkizta Afrika pingvini Malayziya okeanariumidan olib kelingan.
“Marshrut Anqara va Kuala-Lumpur orqali o‘tgan, keyin esa Toshkent. Ammo parvoz aloqalari juda uzoq edi va bizning pingvinlarimiz tunni hayvonlar mehmonxonasida o‘tkazdilar. Bojxona xizmatlarimiz va Ekologiya vazirligiga katta rahmat”, - dedi Sanjar Isabayev.
Ta’kidlanishicha, yovvoyi tabiatda Afrika pingvinlari yo‘qolib ketish xavfi ostida, shuning uchun bu tur Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. Okeanarium sharoitida esa ular juda yaxshi ko‘payadi.
To‘dada juftlik ham paydo bo‘lgan, ularni Qirol va Qirolicha deb atashadi.
“Bu juda qiziq jarayon. Birinchi, masalan, urg‘ochi erkakka yaqinlashadi va uning patlarini tozalashni boshlaydi, keyin esa aksincha. Keyin ular navbatma-navbat ovqatlanishadi”, - deydi Sanjar Isabayev.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, akvarium yanada ko‘proq qushlar uchun mo‘ljallangan, shuning uchun u ko‘payishga tayyor.
“Biz birinchi o‘zbek pingvinimiz shu yerda tug‘ilishini istaymiz. Birinchi o‘zbek meduzalarimiz allaqachon dunyoga kelgan (ular Moskva okeanariumidan olib kelingan), endi esa pingvinlarga o‘tapmiz”, -deydi Isabayev.
Pingvinlar joriy yilning avgust oyi oxirida olib kelingan, ular 4 oydan buyon akvariumda yashashmoqda va shu vaqt ichida bir nechta qushlar patlarini almashtirishdi. Bu esa, qushlarga yangi joy ancha qulay ekanligidan dalolat beradi.
Batafsil videoda tomosha qiling.