Raqamli infratuzilma: Hindistonning yirik kompaniyasi bilan hamkorlik muhokama qilindi
10:30 12.04.2025 (yangilandi: 12:10 12.04.2025)
© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovliZamestitel ministra investitsiy, promishlennosti i torgovli Shoxrux Gulamov vstretilsya s generalnim direktorom indiyskoy kompanii Reliance Industries Prasadom Panda

© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli
Obuna bo‘lish
Iqtisodiyotning kon-metallurgiya sanoati va energetika sohalarida amalga oshirilayotgan yangi loyihalarga alohida e’tibor qaratildi.
TOShKENT, 12 apr – Sputnik. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Shohrux G‘ulomov Hindistonning "Reliance Industries" kompaniyasi bosh direktori Prasad Panda bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.
Tadbirda O‘zbekistonda yirik telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish, raqamli infratuzilma yaratish, yuqori tezlikdagi aloqa va ma’lumotlarni uzatish texnologiyalarini joriy etish yo‘nalishlarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovliZamestitel ministra investitsiy, promishlennosti i torgovli Shoxrux Gulamov vstretilsya s generalnim direktorom indiyskoy kompanii Reliance Industries Prasadom Panda

Zamestitel ministra investitsiy, promishlennosti i torgovli Shoxrux Gulamov vstretilsya s generalnim direktorom indiyskoy kompanii Reliance Industries Prasadom Panda
© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli
Iqtisodiyotning kon-metallurgiya sanoati va energetika sohalarida amalga oshirilayotgan yangi loyihalarga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar muhokama qilingan masalalarni hayotga tatbiq qilish doirasidagi qo‘shma tadbirlar va faol hamkorlik mexanizmi yuzasidan kelishuvga erishdi.
© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovliZamestitel ministra investitsiy, promishlennosti i torgovli Shoxrux Gulamov vstretilsya s generalnim direktorom indiyskoy kompanii Reliance Industries Prasadom Panda

Zamestitel ministra investitsiy, promishlennosti i torgovli Shoxrux Gulamov vstretilsya s generalnim direktorom indiyskoy kompanii Reliance Industries Prasadom Panda
© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli
"Reliance Industries" kompaniyasi 1966-yilda tashkil etilgan va Hindistondagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniyaning aktivlari 300 milliard dollarni tashkil qiladi. Energetika, neft-kimyo, savdo, telekommunikatsiyalar, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohalarida faoliyat yuritadi.