O‘zbekiston va Hindiston turoperatorlari hamkorlik qiladi

© Press slujba Komiteta po turizmuTuroperatori Indii proyavlyayut interes k Uzbekistanu
Turoperatori Indii proyavlyayut interes k Uzbekistanu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2025
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat Markaziy Osiyo mintaqasini yagona sayyohlik yo‘nalishi sifatida targ‘ib qilish bo‘yicha tajriba almashadi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Hindiston turoperatorlari O‘zbekistonga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.
Dehlida Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Hindistonning chiquvchi turizm sohasidagi turoperatorlari uyushmasi prezidenti Himanshi Patil bilan uchrashdi.
Uchrashuvda quyidagilar muhokama etildi:
O‘zbekiston va Hindiston turoperatorlari o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlari;
Markaziy Osiyo mintaqasini yagona sayyohlik yo‘nalishi sifatida targ‘ib qilish bo‘yicha tajriba almashish;
hindistonlik turoperatorlar, ommaviy axborot vositalari va blogerlar uchun infoturlarni tashkil etish;
havo qatnovini yanada faollashtirishga ko‘maklashish.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston hindistonlik sayyohlarni jalb qilishga katta qiziqish bildirmoqda.
“Ayniqsa, BMTning "UN Tourism" tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda turizm bozorining global o‘sishi rekord darajaga yetib, 1,9 trillion AQSh dollarini tashkil etdi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Hindistonning jahon turizmiga qo‘shayotgan hissasi ham ortib bormoqda. O‘tgan yili hind sayyohlarining sayohat xarajatlari pandemiyadan oldingi darajaga nisbatan 81 foizga oshgan.
Flag Indii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2024
Zargarlik, choy qadoqlash va turizm: O‘zbekiston va Hindiston yangi loyihalar o‘rganib chiqmoqda
Yangiliklar lentasi
0