https://oz.sputniknews.uz/20250327/namangan-ozbekiston-qatar-kasb-mahorat-markaz-48593689.html
Namanganda O‘zbekiston-Qatar kasbiy mahorat markazi ochiladi
Namanganda O‘zbekiston-Qatar kasbiy mahorat markazi ochiladi
Sputnik O‘zbekiston
Dohada "Taraqqiyot islohotlari markazi" va Doha fan va texnologiya universiteti (UDST) o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
2025-03-27T15:19+0500
2025-03-27T15:19+0500
2025-03-27T15:19+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qatar
ta’lim
namangan
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/18/18479413_0:129:3103:1874_1920x0_80_0_0_bc0de65723238f7f3e35258485614baf.jpg.webp
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Namanganda O‘zbekiston-Qatar kasbiy mahorat markazi ochiladi, deb yozmoqda "Dunyo" AA. Dohada Taraqqiyot islohotlari markazi va Doha fan va texnologiya universiteti (UDST) o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjatga ko‘ra, tomonlar birgalikda Namanganda O‘zbekiston-Qatar kasbiy mahorat markazini ochishadi. Markazda o‘quv mashg‘ulotlari UDSTning ilg‘or dasturlari yordamida ingliz tilida olib boriladi. Bitiruvchilar Yaqin Sharq, Yevropa va Amerikada ishlash imkonini beradigan, xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatga ega bo‘ladi. "Taraqqiyot islohotlari markazi" direktori Mirshohid Aslanovning qayd etishicha, tashkil etilayotgan markaz yoshlarni, ayniqsa Farg‘ona vodiysidagi ishsiz aholini jahon bozorida xaridorgir bo‘lgan zamonaviy texnik ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga jalb etish imkonini beradi. Ma’lumot uchun, Doha fan va texnologiya universiteti Qatardagi amaliy, texnik va kasb-hunar ta’limiga ixtisoslashgan birinchi universitet hisoblanadi. Ushbu oliy ta’lim muassasasi 64 ta mutaxassislik bo‘yicha bakalavr va magistr tayyorlaydi. Universitet tarkibida biznes, muhandislik, IT, tibbiyot va umumiy fanlarga ixtisoslashgan 5 ta kollej bor.
https://oz.sputniknews.uz/20250124/qatar-mehnat-vazirligi-ozbekistonliklar-kvotalar-47675721.html
o‘zbekiston
qatar
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/18/18479413_122:0:2853:2048_1920x0_80_0_0_155daa8ef3bff4466b34f53cdb620a59.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
doha taraqqiyot islohotlari markazi doha fan va texnologiya universiteti (udst) namangan “o‘zbekiston – qatar” kasbiy mahorat markazi
doha taraqqiyot islohotlari markazi doha fan va texnologiya universiteti (udst) namangan “o‘zbekiston – qatar” kasbiy mahorat markazi
Namanganda O‘zbekiston-Qatar kasbiy mahorat markazi ochiladi
Bitiruvchilarga xalqaro miqyosda tan olingan sertifikat beriladi.
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Namanganda O‘zbekiston-Qatar kasbiy mahorat markazi ochiladi, deb yozmoqda
"Dunyo" AA. Dohada Taraqqiyot islohotlari markazi va Doha fan va texnologiya universiteti (UDST) o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjatga ko‘ra, tomonlar birgalikda Namanganda O‘zbekiston-Qatar kasbiy mahorat markazini ochishadi.
Markazda o‘quv mashg‘ulotlari UDSTning ilg‘or dasturlari yordamida ingliz tilida olib boriladi. Bitiruvchilar Yaqin Sharq, Yevropa va Amerikada ishlash imkonini beradigan, xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatga ega bo‘ladi.
“Universitetimizda xalqaro standartlar bo‘yicha texnik mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha samarali tizim yaratilgan, – dedi UDST rektori Salim Al-Naimiy. – Biz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘ziga xos va jadal rivojlanayotgan munosabatlar ramziga aylanadigan O‘zbekiston-Qatar malaka markazi tashkil etilishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz”.
"Taraqqiyot islohotlari markazi" direktori Mirshohid Aslanovning qayd etishicha, tashkil etilayotgan markaz yoshlarni, ayniqsa Farg‘ona vodiysidagi ishsiz aholini jahon bozorida xaridorgir bo‘lgan zamonaviy texnik ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga jalb etish imkonini beradi.
“Nafaqat ishsizlik darajasini pasaytirish, balki mamlakatimizda yirik sarmoyaviy tashabbuslar amalga oshirishga xizmat qiladigan bu loyiha ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning muhim vositasiga aylanishi shubhasiz”, — dedi Mirshohid Aslanov.
Ma’lumot uchun, Doha fan va texnologiya universiteti Qatardagi amaliy, texnik va kasb-hunar ta’limiga ixtisoslashgan birinchi universitet hisoblanadi. Ushbu oliy ta’lim muassasasi 64 ta mutaxassislik bo‘yicha bakalavr va magistr tayyorlaydi. Universitet tarkibida biznes, muhandislik, IT, tibbiyot va umumiy fanlarga ixtisoslashgan 5 ta kollej bor.