https://oz.sputniknews.uz/20250124/qatar-mehnat-vazirligi-ozbekistonliklar-kvotalar-47675721.html
Qatar Mehnat vazirligi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini keskin oshiradi
Qatar Mehnat vazirligi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini keskin oshiradi
Sputnik O‘zbekiston
Migratsiya agentligi va Qatarning eng yirik davlat rekruting kompaniyasi “Jusour” bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu o‘z ichiga tibbiyot, turizm, mehmonxona biznesi, IT, muhandislik va boshqa sohalar mutaxassislarini Qatar bozoriga yo‘naltirish imkonini beradi. “Jusour” kompaniyasi ish beruvchilarning juda katta tarmog‘i bilan hamkorlik qiladi va bu ish o‘rinlarini tezkor topish va joylashtirishga xizmat qiladi.
2025-01-24T11:48+0500
2025-01-24T11:48+0500
2025-01-24T11:55+0500
migratsiya
migrantlar
migratsiya agentligi
o‘zbekiston
qatar
hamkorlik
uchrashuv
muloqot
hujjatlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/18/47677444_0:58:1108:681_1920x0_80_0_0_f29ae35a79b2e1fc8b9632dbfbeaafb9.jpg
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekiston va Qatar rasmiylari Dohada muhim uchrashuvlar o‘tkazishmoqda. Qatar Mehnat vazirligi kvotalar sonini keskin oshirishga tayyor, deya xabar berdi O‘zbekiston Migratsiya agentligi.Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi mutasaddilaridan iborat delegatsiya a’zolari Qatar Mehnat vaziri o‘rinbosari Shayna Najva Bint Abdulrahmon Al-Soniy bilan uchrashuv o‘tkazdi.Muloqot har tomonlama konstruktiv kechdi. Qatar Mehnat vaziri o‘rinbosari mamlakatida ishchi kuchiga talab yuqori ekanligini alohida qayd etdi. Qatarga malakali ishchi kuchini jalb qilish yuzasidan O‘zbekiston bilan katta loyihalarni amalga oshirish imkoniyati borligi ta’kidlandi.Uchrashuvda muhim hujjatga qo‘l qo‘yildi.Qatarda ishlamoqchi bo‘lgan nomzodlarni O‘zbekistonda til va kasbga tayyorlash bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi. Uchrashuvda O‘zbekistonning mehnat migratsiyasi sohasidagi salohiyati taqdimoti ham o‘tkazildi.
https://oz.sputniknews.uz/20241217/ozbekiston-prezident-qatar-amir-telefon-suhbat-47147891.html
o‘zbekiston
qatar
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/18/47677444_62:0:1047:739_1920x0_80_0_0_8d6d1cd41facb72b82c4b2db1fc9c5af.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qatar o‘zbekistonliklar kvotalar
qatar o‘zbekistonliklar kvotalar
Qatar Mehnat vazirligi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini keskin oshiradi
11:48 24.01.2025 (yangilandi: 11:55 24.01.2025) Migratsiya agentligi Qatarning eng yirik davlat rekruting kompaniyasi “Jusour” bilan hamkorlik memorandumi imzoladi.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekiston va Qatar rasmiylari Dohada muhim uchrashuvlar o‘tkazishmoqda. Qatar Mehnat vazirligi kvotalar sonini keskin oshirishga tayyor, deya
xabar berdi O‘zbekiston Migratsiya agentligi.
Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi mutasaddilaridan iborat delegatsiya a’zolari Qatar Mehnat vaziri o‘rinbosari Shayna Najva Bint Abdulrahmon Al-Soniy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot har tomonlama konstruktiv kechdi. Qatar Mehnat vaziri o‘rinbosari mamlakatida ishchi kuchiga talab yuqori ekanligini alohida qayd etdi. Qatarga malakali ishchi kuchini jalb qilish yuzasidan O‘zbekiston bilan katta loyihalarni amalga oshirish imkoniyati borligi ta’kidlandi.
“Hozirda Qatarda 560 nafar o‘zbekistonlik turli sohalarda mehnat faoliyatini olib borapti. Bu tomonlar o‘rtasidagi mavjud salohiyatni namoyon etmaydi. Buni bir necha karraga ko‘tarish uchun imkoniyatlar bor. Ayni omillarga e’tibor qilib, biz O‘zbekistondan malakali ishchi kuchini jalb qilish bo‘yicha hamkorlikga, Qatar Mehnat vazirligi sifatida o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini keskin oshirishga tayyormiz”, - dedi Qatar Mehnat vaziri o‘rinbosari.
Uchrashuvda muhim hujjatga qo‘l qo‘yildi.
Migratsiya agentligi va Qatarning eng yirik davlat rekruting kompaniyasi “Jusour” bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu o‘z ichiga tibbiyot, turizm, mehmonxona biznesi, IT, muhandislik va boshqa sohalar mutaxassislarini Qatar bozoriga yo‘naltirish imkonini beradi. “Jusour” kompaniyasi ish beruvchilarning juda katta tarmog‘i bilan hamkorlik qiladi va bu ish o‘rinlarini tezkor topish va joylashtirishga xizmat qiladi.
Qatarda ishlamoqchi bo‘lgan nomzodlarni O‘zbekistonda til va kasbga tayyorlash bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi. Uchrashuvda O‘zbekistonning mehnat migratsiyasi sohasidagi salohiyati taqdimoti ham o‘tkazildi.