Chelyabinskdagi korxona o‘zbekistonliklarni ish bilan ta’minlamoqchi

© OOO "Russkie praniki"OOO "Russkie praniki"
OOO Russkie praniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2025
Obuna bo‘lish
Korxona ishchilar yashashi uchun barcha sharoitlar yaratib bermoqchi.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Rossiyaning Chelyabinsk viloyatidagi korxona O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta’minlash taklifini bildirdi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxona xodimlari Chelyabinsk viloyatiga safarlari davomida "Russkie pranniki" MChJ rahbariyati bilan muzokara o‘tkazishdi. Unda O‘zbekiston fuqarolarini mazkur korxonaga qonuniy tarzda ishga joylashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
“Jamiyat mutasaddilari ayni paytda 30 nafardan ortiq o‘zbekistonliklarni ish bilan ta’minlashga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, ularning yashashlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilishi ma’lum qilindi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, uchrashuv davomida Rossiya tomoni O‘zbekistonda migratsiya sohasini tartibga solish, xorijda ishlayotgan fuqarolarning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish, chet elda ishlamoqchi bo‘lganlar malakasini oshirish, ularni aniq kasblarga o‘qish bo‘yicha amalga oshirilayotgan dasturlar bilan tanishtirildi.
V ramkax I Foruma mejregionalnogo sotrudnichestva Rossii i Uzbekistana proshla selskoxozaystvennaya vistavka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2025
Oltoy o‘lkasi o‘zbekistonliklarni ishga jalb etmoqchi bo‘lgan sohalarni ma’lum qildi
Yangiliklar lentasi
0