https://oz.sputniknews.uz/20250304/hindiston-ozbekiston-qozogiston-konteyner-poezdi-48231199.html
Hindistondan O‘zbekiston orqali Qozog‘istonga birinchi konteyner poyezdi yo‘lga qo‘yildi
Hindistondan O‘zbekiston orqali Qozog‘istonga birinchi konteyner poyezdi yo‘lga qo‘yildi
Sputnik O‘zbekiston
Tarkibida 12 ta yigirma futlik konteyner bo‘lgan poyezd 1 585 km dengiz orqali va 4 300 km temir yo‘l orqali bosib o‘tadi. 04.03.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-03-04T11:01+0500
2025-03-04T11:01+0500
2025-03-04T11:01+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qozog‘iston
hindiston
poyezd qatnovi
temir yo‘l
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/05/45047719_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_63ca319d5bad8faee2c1ae4dbd70c8ab.jpg
TOShKENT, 4-mart — Sputnik. Hindistondan O‘zbekiston orqali Qozog‘istonga birinchi konteyner poyezdi yo‘lga qo‘yildi, deya xabar berdi "O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ matbuot xizmati. Tarkibida 12 ta yigirma futlik konteyner bo‘lgan poyezd Hindistonning Mundra portidan Qozog‘istonning Sorokovaya stansiyasiga Hindiston-Eron-Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston yo‘nalishida harakatlanib, 1 585 km dengiz orqali va 4 300 km temir yo‘l orqali bosib o‘tadi. O‘tgan yilda ushbu yo‘nalish bo‘ylab Hindistondan O‘zbekistonga (Mundra – Sergeli) 20 ta yigirma futlik konteyner tashuvlari muvaffaqiyatli amalga oshirilgan edi. "O‘ztemiryo‘lkonteyner" boshqaruv raisining ta’kidlashicha, kompaniya Hindiston – Markaziy Osiyo multimodal yo‘nalishida muntazam konteyner poyezdlarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan. Aytilishicha, bu o‘z navbatida savdo aloqalarini mustahkamlash hamda eksportor va importorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250224/ozbekiston-afgonistonda-hayraton-hirot-temir-yoli-loyihasini-amalga-oshiradi-48098601.html
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/05/45047719_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_c57cfa91147994bb551e8f98763182ab.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, qozog‘iston, hindiston, poyezd qatnovi, temir yo‘l
jamiyat, o‘zbekiston, qozog‘iston, hindiston, poyezd qatnovi, temir yo‘l
Hindistondan O‘zbekiston orqali Qozog‘istonga birinchi konteyner poyezdi yo‘lga qo‘yildi
Tarkibida 12 ta yigirma futlik konteyner bo‘lgan poyezd 1 585 km dengiz orqali va 4 300 km temir yo‘l orqali bosib o‘tadi.
TOShKENT, 4-mart — Sputnik. Hindistondan O‘zbekiston orqali Qozog‘istonga birinchi konteyner poyezdi yo‘lga qo‘yildi, deya xabar berdi "O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ
matbuot xizmati. “Transport yo‘laklarini kengaytirish va xalqaro yuk tashishlarni rivojlantirish doirasida "O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ, "TULM" OAJ va "Kedentransservis" AJ hamkorligida Hindistondan Qozog‘istonga birinchi konteyner poyezdi yo‘lga qo‘yildi”, — deyiladi xabarda.
Tarkibida 12 ta yigirma futlik konteyner bo‘lgan poyezd Hindistonning Mundra portidan Qozog‘istonning Sorokovaya stansiyasiga Hindiston-Eron-Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston yo‘nalishida harakatlanib, 1 585 km dengiz orqali va 4 300 km temir yo‘l orqali bosib o‘tadi.
O‘tgan yilda ushbu yo‘nalish bo‘ylab Hindistondan O‘zbekistonga (Mundra – Sergeli) 20 ta yigirma futlik konteyner tashuvlari muvaffaqiyatli amalga oshirilgan edi.
"O‘ztemiryo‘lkonteyner" boshqaruv raisining ta’kidlashicha, kompaniya Hindiston – Markaziy Osiyo multimodal yo‘nalishida muntazam konteyner poyezdlarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.
Aytilishicha, bu o‘z navbatida savdo aloqalarini mustahkamlash hamda eksportor va importorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.